Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


ZYe HARFINING ZYeBOLARINING ZIYNATI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

ZYe HARFINING ZYeBOLARINING ZIYNATI «FAVOYID»DIN 

199

Ey ko‘ngul, ummid torin gulshani davrondin uz,  

Ham gulu shamshoddin, ham la’lu rayhondin uz. 

Sarv qadlar la’li birla og‘zidin kom istama,  

Ham tama’ gul bargidin, ham g‘unchai xandondin uz. 

Bu chaman ra’nolarig‘a yo‘qturur bo‘yi vafo,  

Savsani ozoddin kech,  nargisi fattondin uz. 

Chunki ne jonon qolur, ne jon agarchi sa’b erur,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

103


Kechkil avval jondin, andin so‘ng tama’ jonondin uz. 

Kir fano dashtida ul bemehr mahvash ko‘yidin,  

Ya’ni bo‘l ovorayu ummid xonumondin uz. 

Mayg‘a, ey soqiy, ajal zahri ezib bir jom tut,

Tori ummidimni, ya’ni rishtai hnjrondin uz. 

Ey Navoiy, gulshani davronu jonu xonumon,  

Barchadin kechtim dema, lekin ko‘ngulni andin uz. 

200

Bizni, ey ishqu junun, rasvoi olam qildingiz, 

Har ne rasvolig‘din afzunroq bo‘lur ham qildingiz. 

Jonu ko‘nglimga malolat toshlari birla qoqib,  

Dard ila anduh mismorini mahkam qildingnz. 

Muncha bedodu sitamkim, qildingiz men telbaga,

Ishq aro shavqu muhabbat ahlig‘a kam qildingiz. 

Chun men o‘ldum g‘am tuni ul tundin-o‘q aylab libos,  

Ne osig‘ gar charx ishin holimg‘a motam qildingiz. 

Ishq dardidin o‘larmen bu kecha, ey do‘stlar, 

Hajr  zahridin magar  zaxmimg‘a  marham  qildingiz. 

Kishvari vasl ichra har kim aysh etar bo‘lsun halol,

Chun  manga ovoralig‘  mulkin musallam qildingiz. 

Sirri ishqim bilmagan el qolmadi, garchi manga  

Nomabar qush o‘rnig‘a  anqonn  mahram qildingiz. 

Gulshani dahr ichra, ey bazmi tarab soqiylari,  

Hajr xunobin nedin bizga damo-dam qildingnz. 

Oxir, ey ishqu junun, yuz nav’ tuhmat aylabon,  

Ham Navoiy sirri ishqin elga mubham qildingiz. 

201

Bizga jonon vasli uldurkim, jamolin ko‘rgabiz,  

Parda ruxsoridin ochib, zulfu xolin ko‘rgabiz. 

Bo‘lsa maydon azmi, yo‘lida tufrog‘ o‘lg‘abiz,  

Qilsa gulgashti chaman, ra’no niholin ko‘rgabiz. 

Tiyr boroni balo yog‘dursa jonlar qasdig‘a,  

Novaki mujgon bila mushkin hilolin ko‘rgabiz. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling