www.ziyouz.com kutubxonasi
104
Ko‘zga bir ham jilva ber, bazmi visolin, ey sipehr,
Vah, necha ko‘z ollida xayli xayolin ko‘rgabiz.
Ko‘zgu ul yuz jilvagohedur debon qildiq nazar,
Yo‘q bu ma’ni birlakim ul yuz misolin ko‘rgabiz.
Vasli bazmi ayshi chun elga nasib o‘ldi zarur,
Kim, baliyat jomining ranju malolin ko‘rgabiz.
Yo‘q, hazin ko‘nglumdin o‘zga yordin bekomu bahr,
Necha ushshoq ichra aning infiolin ko‘rgabiz.
Ichsalar kom ahli sofi ayshu biz qolsaq tirik,
Dayr aro mayxonaning sing‘an safolin ko‘rgabiz.
Ey Navoiy, zarrag‘a xurshid vaslindin dema,
Muncha baskim jilvada gohi jamolin ko‘rgabiz.
202
Qading tuz, naxli gulzori Eram tuz
Ki, tuz ashyog‘a bo‘lmish soya ham tuz.
Magarkim, zulfini cheksam tuz o‘lg‘ay,
Yo‘q ersa bo‘lmas oncha pechu xam tuz.
Sirishkimdin qading mayl etti har yon
Ki, qolmas o‘q havo bo‘lg‘anda nam tuz.
Ne tong gar tuz chekarmen shu’lai oh,
Kerak chun ishq jayshida alam tuz.
Muqavvas charx ohimdin xam o‘lmish
Kim, ul o‘qni otarmen dam-badam tuz.
Riyo yo‘lida gar ko‘p pechu xam bor,
Qadam qo‘ykim, erur dashti adam tuz.
Bu dayr ichra navoe, ey mug‘anniy,
Navoiy nolasidek zeru bam tuz.
203
Ey sanga xunrez mujgonu baloangez ko‘z,
Bizga mujgoning sinoni zaxmidin xunrez ko‘z.
Fitna ko‘zluklarda yo‘q ermish ko‘zungdek solg‘uchi,
Bir qiyo boqmoq bila olamg‘a rustaxez ko‘z.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |