www.ziyouz.com kutubxonasi
105
Ey ko‘zi ayni balo, ne rahm sendin ko‘z tutay
Kim, sanga xunrez ko‘zdur, bizga xunomez ko‘z.
Ko‘z savodin ayladi kirpiklaring parvezani,
Ne ajab bo‘lsa jamoling shavqidin gulbez ko‘z.
Ko‘rki, har kirpik uchig‘a bog‘labon bir pora la’l,
Keltiribtur lablaring ollinda dastovez ko‘z.
Dahr zoli nechakim Farhodkushdur, turfa ko‘r
Kim, xatodur tutsa gar andin vafo Parvez ko‘z.
Ey Navoiy, yig‘lamoqdin xira bo‘lmish ko‘zlaring,
Ishq aro binandalig‘larg‘a keraktur tez ko‘z.
204
Chun anga noxush kelur, bazmida otim tutmangiz,
Kimki otim bilsa ham ul bazm aro yovutmangiz.
Hajr o‘tig‘a men qilibmen xo‘yu do‘zaxdin demang,
Har zamon jannat nasimidnn meni qo‘rqutmangiz.
Vasl jomi o‘zgalar qismidur, ey jonu ko‘ngul,
Sa’yida behuda zaxmat tortibon qon yutmangiz.
Telba ko‘nglum bo‘lsa betoqat maloli hajr aro,
Juz visol ummidi harfidin ani ovutmangiz.
Ey shabistoni visol ahli, firoqim kulbasin
Kim, dedi bir kecha sham’i vasl ila yorutmangiz?
Men kuyarmen hajr aro, har dam o‘tum tez etkali,
Ey tana’um ahli, vasl afsonasin chubrutmangiz.
Toyiri vasl aylamas hargiz Navoiy sari mayl,
Kelsa afg‘on tortib, ey jonu ko‘ngul, urkutmangiz.
205
Ey malohat shevalik shirin dudog‘ing so‘zga uz
Hikmat ilgi go‘yiyo soldi shakar tangiga tuz.
Necha buzg‘aysen ko‘ngul mulkin jafo tarhin solib,
Bir bu vayron yerni tuzmakka jafo tarhini buz.
Chehra ochsang yo takallum qilsang, o‘lgan jon topar,
Olloh-olloh, bordur ul ne la’li jonbaxsh, ul ne yuz.
Oy sanga o‘xshar va lekin ul sovug‘dur, sen malih,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |