www.ziyouz.com kutubxonasi
126
Dofi’i ul zahrning, bildimki, bu taryok emish.
Xurda sochqandin chaman mulkida sulton bo‘ldi gul,
G‘uncha qonlig‘ ko‘ngliga solg‘an girih imsok emish.
Eyki dersenkim, mening husnummu ortuq yo quyosh,
Sog‘inursenkim, Navoiy buyla beidrok emish.
245
Qomatu raftoring ul mundin, bu andin xo‘b emish,
Juzv-juzvung bir-biridin lutf aro marg‘ub emish.
Har ne qilsa, o‘t yoqar ahli muhabbat jonig‘a,
Ey zaif ahbob, ul oy ne balo mahbub emish.
Nomasin bo‘ynumg‘a osdim — dardima berdi shifo,
Ul kitobat hirzi jon ermish, demang maktub emish.
Gar tutub Layli otin, Majnun qilur ermish fig‘on,
Andin ermishkim, junun oyinig‘a mansub emish.
Yor otin jondin chiqarib, tilga mazkur aylamak,
Oshiqi farzona ollinda qachon mahsub emish!
Hajrdin nevchun talab vodiysida qildim fig‘on,
Chunkn tolib birla ermish, kimsakim matlub emish.
Bo‘lmasa hech ish, o‘zidin bexabarliq basdurur,
Ishqi g‘olib ilgida har kimsakim, mag‘lub emish.
Foniy o‘lsang, kir fano dayrig‘akim, yo‘l topmamish,
Har kim anda o‘zluki aybi bila ma’yub emish.
Gar visol ahli Navoiydin tanaffur etsalar,
Yo‘q ajabkim, hajr zindoni aro mankub emish.
246
Kirpiking neshduru g‘amzangu hajring ham nesh,
Ne ajab, ko‘ksumu ko‘nglum bila bag‘rimdagi resh.
So‘rdung el ko‘nglini, so‘rg‘il chu dedim ko‘nglumni,
Reshg‘a kimsa iloj aylamamish, sanchib nesh.
Ko‘nglum andishasi vaslingdurur, ummid bukim,
Haq murodig‘a tekurgay, chu erur xayrandesh.
Ko‘zlaring keshi erur kufr emas hech ajab,
Ahli islom seni gar desalar kofirkesh.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |