TYe HARFINING TANNOZLARINING TAROVATI «FAVOYID»DIN
280
Gar fano rasmini qilmoq tilar ersang mazbut,
Nafs ila ruhni zinhorki qilma maxlut.
Ruh ul nurdururkim, haq anga bermish avj,
Nafs zulmatqa qolib, qilmish anga poya hubut.
Ruh rahmoni erur, nafs erur shaytoni,
Ikkisin bir-biriga qo‘shmaq emastur mashrut.
Ruhg‘a sheva Kalimullo ishin qilmoq fosh,
Nafs fir’avnliq asbobini aylab marbut.
Ruhg‘a daa’b Habibullo ishi oyini,
Nafs Bujahlliq asbobini aylab mabsut.
Yo rab, et bizni habibing sifatig‘a rosix,
Ayla Bujahl tariqin ichimizdin masqut.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |