Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
ZYe HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «FAVOYID»DIN
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
ZYe HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «FAVOYID»DIN
284 Gar yorning ahvolig‘adur yor mulohiz, Oz ham xush erur, bo‘lmasa bisyor mulohiz. Bu davrda yor uyladurur yorg‘a dushman, Kim tutmas o‘zin onchaki ag‘yor mulohiz. Davr ahlig‘a soqiy ne mulohiz bo‘la olg‘ay, Nevchunki emas gunbadi davvor mulohiz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 146
Ne yori vafodor mulohiz ekan oxir Kim, bo‘lmadi ul sho‘xi jafokor mulohiz. Faryodki, ishqim marazi bo‘ldi fuzunroq, Har nechaki, bo‘ldum meni bemor mulohiz. May berki, qazo topmog‘usi aql ila tag‘‘yir, Har nechaki bo‘lsa xirad osor mulohiz. Ko‘ngliga Navoiyning urar ishq nihon o‘q, Naylab bo‘la olg‘ay bu dilafkor mulohiz. 285 Ey, labing zohir etib shirin lafz, Xoh yolg‘on desun ar xud chin lafz. Chinu yolg‘onn aning shirindur, Gar desa bir dam aro chandin lafz. Otashin la’ling erur bas rangin, Ne ajab, qilsa ayon rangin lafz! La’li alfozi meni tirguzdi, Qaysi bir deb, ne qilay ta’in lafz. Qahru lutfung bori jonbaxshdurur, Buyla kim ko‘rdi hayotoyin lafz. Anglamon g‘oyati ma’ni so‘zinga, G‘oyatash aylagamen tahsin lafz. Qil, Navoiy, so‘z aro ma’ni qasd, Istama uylaki suratbin lafz.
Ul pariy tarkida aqlim dedi yolg‘on alfoz, Ne ajab, aytsa devona parishon alfoz. Ahli ishq ollida ne lafz degay mustahsan, Ne degay ahli xirad ollida nodon alfoz. Hur husnini qiziqroq dedi ul yuzdin shayx, Surmagay buyla sovug‘luq bila inson alfoz. Sirri ishqimdin el ollida biror lafz dedim, Bu emish qilg‘uchi qoyilni pushaymon alfoz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 147
Lafzi jonbaxsh ila ul umr magar bo‘ldi Masih, Yo‘q esa buyla asar birla ne imkon alfoz. Bir-iki lafz dedim ishqidin — o‘lturdi meni, Magar emdi degamen hashrda qolg‘an alfoz. Ul pariy kulmak uchun, ko‘rki, Navoiy g‘amidin, Fosh etar ahli junundek chekib afg‘on, alfoz. 257 So‘z adosindadur ul koni malohat laffoz, Uylakim vasfi aro ahli balog‘at laffoz. Nomasin qush keturub, sayrasa avsofida ko‘p, Yo‘q ajab, chunki bo‘lur ahli risolat laffoz. Yaxshi alfoz ila til gar desa ul oy qavlin, Tong emastur, kim erur ahli maqolat laffoz. Vasfi har lafzida yig‘latdi ko‘ngul dard ahlin, Qayda topti bu qadar dard ila holat laffoz. Ko‘ngul ollida g‘amin qilma talaffuz, tilkim, Yetkurur ahli maoniyga malolat laffoz. So‘zda ma’ni bila ko‘p lafzg‘a mayl aylamakim, Zohir oroyishini ayladi odat laffoz. Lafz zebida Navoiyga berur ma’ni yuz, Qayda ma’nida topar muncha mahorat laffoz.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling