www.ziyouz.com kutubxonasi
149
Ishq oyinida bid’atlar tuz etting zulm aro,
Qaysi bir mazhabdasen, kofurdek o‘lg‘ay mubtade’.
Ishq o‘tin tark etmasam nosih so‘zi birla, ne tong,
Pand ila parvona kuymaktin bo‘lurmu mumtane’.
Do‘stlar, yozg‘urmang ar daf’ aylay olmon ishq o‘tin,
Chora birla kim qazo bo‘lg‘anni qilmish mundafe’.
Kim fano dashtig‘a kirdi, o‘zni hamroh etmasun,
Qat’ chun bo‘lmas bu yo‘l, o‘zluktin o‘lmay munqate’.
Ko‘rgach ul oyni Navoiy tortti bexud fig‘on,
Kim bo‘lur behud, fig‘on qilmoqtin o‘lmas muttale’.
Dilbar yuzin ko‘rarga bo‘ldi niqob mone’,
Ul nav’kim, quyoshqa bo‘lg‘ay sahob mone’.
Terga uzoring andoq g‘arq o‘ldikim, ko‘runmas
Kim ko‘rdi ul ko‘rarga bo‘lg‘ay gulob mone’.
Kulgilki, zohir o‘lsun g‘unchangda jolalarkim,
Dur rishtasig‘a bo‘lmish yoquti nob mone’.
Ko‘zda yoshunmish ul oy, ashkim boshimdin o‘tmish,
Daryoda kim ko‘rubtur durg‘a hubob mone’.
Ul g‘amza qon qilurg‘a, ul ko‘z vafo qulurg‘a,
Bedodu zulm bois, nozu itob mone’.
Tan tufrog‘in sovurmay, yetmas safo ko‘ngulga,
Bo‘lg‘an kebi safodin sug‘a turob mone’.
Yor istasang, Navoiy, sabr istagilki, doim
Keldi visol ishiga jahdu shitob mone’.
292
Chun shabiston ichra qildi orazin jonona sham’,
Mash’ali mehr o‘lsakim, ko‘zga ko‘runmas yona sham’.
Band ayog‘ida nedindur boshida savdo o‘ti,
Ey pariy, ishqingda gar xud bo‘lmamish devona sham’?
Yig‘laru o‘rtar o‘zin to subh go‘yo har kecha,
Hajr aro bo‘ldi meni mahzun bila hamxona sham’.
Dema kuymak savtikim, uyqu yo‘qig‘a rahm etib,
Der zabona shaklidin til tortibon afsona sham’.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |