www.ziyouz.com kutubxonasi
157
Erur mahz taqvoyu lekin riyosiz
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Ne el qavlu fe’lig‘a andin taaddi,
Ne haq amru nahyig‘a andin tasarruf.
O‘zin uyla beixtiyor anglabonkim,
Ne qolib taraddud anga, ne taassuf.
Qilib haq vujudida mahv o‘z vujudin,
Navoiy, muni bil tariqi tasavvuf.
307
Chok ko‘nglumni olib dardini qilding taz’if,
Meni bedilg‘a ani bermas esang, qil tansif.
Kufri zulfini qo‘yub, kim desa, islomg‘a kir,
Bordur islom elini kufrg‘a qilmoq taklif.
Yuzung ollida quyosh vasfini qilmog‘lig‘ erur
Sham’ nurini quyosh ollig‘a qilmoq ta’rpf.
Husn sinfida, yuzung vasfida mingdin bir emas,
Oshiqing yuz ming esa, har biriga ming tasnif.
Dardu ranjing bila borini qilibmen mamlu,
O‘qlaring zaxmiki ko‘nglum aro solmish tajvif.
Hajr o‘ti birla manga ishq beribtur varzish,
Voizo, do‘zax o‘tidin yana qilma taxvif.
Yana masjidda Navoiyni tilarsen, ey shayx
Tilasang ani, ketur maykada sari tashrif.
308
Jonim ichra za’fdur yuzlangali jonong‘a za’f,
Bo‘lmasun jononima za’f, o‘lsa o‘lsun jong‘a za’f.
Orazida tobu yo‘q og‘zida kulgu go‘yiyo,
Mehr tobidin erur ul g‘unchai xandonga za’f.
Aylanurda boshig‘a za’f ayladi go‘yo asar,
Qildi aning za’fidin bu zori sargardong‘a za’f.
Hayratim za’fig‘a mundoq aylamish bexud meni,
Za’fig‘a hayron qolib, bo‘lmish meni hayrong‘a za’f.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
158
Bistari gulrang uza ul nav’ uzalmish za’fdin
Kim, uzori uzra bo‘lsa nargisi fattong‘a za’f.
Soqiyo, bir jur’a birla quvzatimg‘a bois o‘l
Kim, base, g‘olibdurur bu xastai hijrong‘a za’f.
Ey Navoiy, yor za’fi buzdi ko‘nglum, uylakim,
Mamlakat bo‘lg‘ay xarob, o‘lg‘an zamon sultong‘a za’f.
Do'stlaringiz bilan baham: |