www.ziyouz.com kutubxonasi
156
Tavf ani andoqki, shahlar aylagay zindonni tavf.
Ochilur ko‘nglum, qilur sayr el buzulg‘an ko‘nglini,
Chug‘z qilg‘andek tarab kasbig‘a har vayronni tavf.
Durri ashk oqizg‘ali hajring ko‘zum atrofida,
Tojiredekturki, qilg‘ay sohili Ummonni tavf.
Ul pariyvash manzilidakim, yiqildim, qasd emas,
Soldi bu holatqa men majnuni sargardonni tavf.
Poya oliy istasang, tajrid et avval ixtiyor,
Iso andin aylar ushbu nilgun ayvonni tavf.
Bir Navoiyning buzug‘ ko‘ngliga evrul, rahm etib,
Netti gohi Yusuf etsa kulbai ehzonni tavf.
305
Garchi tog‘din og‘ir etti dardu ozorimni za’f,
Lek xasdin ham yengil qildi tani zorimni za’f.
Bilmagil, holimni gar ahbob so‘rmaslar, ajab,
Kim qilibtur tanimasdek jismi bemorimni za’f.
Hajr shomi ne ajab to‘lg‘anmoqu boshimda o‘t,
Sham’ning chun toridek qildi namudorimni za’f.
Rishtai la’ling, degay, topmish uchug‘ birla girih,
Ko‘rgan elkim, qong‘a solmish joni afgorimni za’f.
Sabr mumkin yo‘q junun oshubi dog‘i za’fdin,
Vahki, nobud ayladi oxir yo‘qu borimni za’f.
Xatti mavhum o‘ldi tan anda, ko‘ngul imkoni yo‘q,
Qo‘ymadi asrarg‘a yer ishq ichra asrorimni za’f.
Ul quyosh ishqi qaviyroqdur, Navoiy, nechakim,
Zarracha ham qo‘ymadi hijronda miqdorimni za’f.
306
Birovga musallam tariqi tasavvuf
Ki, zotida mavjud emastur taxalluf.
Tasavvuf rizo ahlidin yaxshi axloq,
Erur istilohoti zebu takalluf.
Tasavvuf emas zuhdu taqvoyu toat
Ki, anda riyo yo‘l topar betavaqquf.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |