FYe HARFINING FITNALARINING FUSUNI «FAVOYID»DIN
303
Ulki qilg‘ay o‘zi kashshof ramuzin makshuf,
Kashfi yo‘q aylamayin o‘zluki harfin mahzuf.
Bahra yetkurmadi zuhd ahlig‘a fayz iksiri,
Naqdi umrin chu riyo kasbida qildi masruf.
Xirqai faqr kerak sirri nihon kasbig‘akim,
Pardai roz aning zaylig‘a keldi ma’tuf.
Aylagil naqdi hayotingni fano ahlig‘a vaqf,
Luqmai vaqf yemakni vale etgil mavquf.
Dunyo asbobi najosat kebidur mazbalada,
Pokravlar nachuk o‘zni anga qilg‘ay mash’uf.
Har ne haq amrini der murshidi komil, ani qil,
Gar sifotulloh aro o‘zni tilarsen mavsuf.
Soqiyo, hajr xumoridin o‘larmen — rahm et,
Charxni zarf qilu ulki bilursen mazruf.
Topsa ul zarf ila mazrufni xush sipqarg‘ay,
Ulki oriflig‘ ila dahrda bo‘lg‘ay ma’ruf.
Ey Navoiy, boru ushshoq ayog‘i tufrog‘i bo‘l,
Ishq sirrin, tilasangkim, sanga bo‘lg‘ay makshuf.
304
Qilmadim ul sarvi gulrux manzili bo‘stonni tavf,
Do‘zax ahli aylay olmas ravzai rizvonni tavf.
Ko‘nglum ichra yuz balo mahbus topqung, aylasang
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |