Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

154


Kim, suubatda bular andoq emas erdi qotig‘. 

Ashk aro o‘ldum, yig‘ishtur emdi zulfung shastini  

Kim, su uzra kelgusi daryo aro o‘lgan bolig‘. 

Qatra-qatra qon yoshimdin chehram o‘lmish uylakim,  

Tim-tim etgaylar qizil kog‘aznikim, bo‘lg‘ay sorig‘. 

Yuzda hajringdinki tirnog‘ o‘rni xatlar bo‘ldi qon,

Har biriga ashkdin su ochibon qildim orig‘. 

Olg‘ali dunyo arusin, eyki, sotting naqdi din,  

Umr sotib, marg olmoq angla, bu sotig‘-olig‘. 

Istaram, la’lig‘a qilg‘aymen chuchuk jonim fido,  

Ey Navoiy, anga dermen kelmagay nogah ochig‘. 

301

Pariyni kim desa ul mehri xovari yanglig‘,  

Erur nachukki, degay devni pariy yanglig‘. 

Boshimki, hajr yo‘lida falakdek aylandi,  

Ko‘zum yoshi erur ul charx axtari yanglig‘. 

Firoq  shu’lasida  pora-pora  ko‘nglum erur,  

Demay kabobkim, ul o‘tning axgari yanglig‘. 

Ko‘zung fusungar, aning o‘ti otashin la’ling,  

Labingda xol aning o‘t uzra anbari yanglig‘. 

Junun eli shahimen, tog‘ avji taxtimdek,

Qush oshiyonlari boshimning afsari yanglig‘. 

G‘animat angla vafo bulbulungg‘a, ey gulkim,  

Xazon yeli yetishur hajr sarsari yanglig‘. 

Navoiy, o‘zga shahu o‘zga kishvar etma havas  

Ki, topmagung shahi G‘oziy bila Hiri yanglig‘. 

302

Muddai, chun daming ermastur issig‘,

Qilma sovug‘lug‘u hamgomani yig‘. 

O‘xshar axloqinga husnungki, erur,  

Yaxshiliq lozimasi yaxshi qilig‘. 

Tutti gar dashtni Layli, ne ajab,

Kishvari husnung aro tutti qirig‘. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

155


Zaxmlar uzra magar qo‘yg‘ali dog‘,  

Xanjaring ko‘nglum aro bo‘ldi qizig‘. 

Husnunga o‘xshadi jonbaxsh so‘zung,  

Kimki bor o‘zi silig‘, so‘zi silig‘. 

Pardadarlig‘ chu erur zohid ishi,  

Xirqa uzra ne osig‘ muncha sirig‘. 

Ko‘yidin qovsa, Navoiy, seni yor,  

Ohu ashking bila chig‘ issig‘-ilig‘. 




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling