www.ziyouz.com kutubxonasi
153
Ko‘zung qatl aylab, el qonini ko‘p ichti javr ila, lekin
Asire topmadi ul qotili xunxor men yanglig‘.
Majonin bo‘ldilar atfol toshidin ko‘p ozurda,
Vale boshtin-ayoq bir bo‘lmadi afgor men yanglig‘.
Biravni, eyki, sevmak orzu qilding havosinda,
Iligdin ixtiyoring bermagil zinhor men yanglig‘.
Kishi badxo‘lar ishqidin etmak ehtiroz avlo,
Yo‘q ersa ko‘rgusi har lahza yuz ozor men yanglig‘.
Tilar bo‘lsang zamona qayg‘usi daf’ig‘a bexudlug‘,
Kerak bo‘lsa maqoming kulbai xammor men yanglig‘.
Agar bulbul guliston ichra ko‘rdi xordin ozor,
Va lekin ko‘rmadi, ey lolarux, ozor men yanglig‘*.
Navoiy, gar xirad mulkida savdodin batang o‘lsang,
Qadam urg‘il fano dashtida majnunvor men yanglig‘,
299
Agar kelmasa, intizorim qo‘yar dog‘,
Valek iztirob o‘rtar, ul oy kelur chog‘.
Manga bog‘u gulzor aning orazidur,
Gar ul bo‘lmasa, baytul-ahzon erur bog‘.
Dema shavq o‘tig‘a taskin berur may,
Yonar, shu’lam o‘tig‘a ko‘p quymag‘il yog‘.
Men ar mastu bemorlig‘ birla o‘ldum,
Hamisha jahon ichra sen bo‘lg‘asen sog‘.
Dedingkim, ololmasun dilrabolar
Ki, ko‘nglumga qo‘ydung og‘ir hajrdin tog‘.
Bahori jamolingda nolamni xush tut
Ki, tengdur, bahor o‘tsa, bulbul bila zog‘.
Navoiy firoqingda ul nav’ itti
Ki, gardi topilmas, g‘aming solsa tufrog‘.
300
Zahri hijroning chu ayshim komini qildi ochig‘,
No‘shi vasling elga yetkandip manga yo‘qtur osig‘.
Tosh yog‘durg‘andin atfol o‘lmadim, o‘lturdi hajr
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |