Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

150


Ekkali parvonalar ko‘nglida go‘yo tuxmi mehr,  

Ashkdin atrofida ham su sochar, ham dona sham’. 

Yo muhabbat o‘tidin parvonani kuydurgali,

Yorutur oraz o‘tin har lahza mahbubona sham’. 

Qo‘ymadi parvonani fonus aro men zordin,  

Ul mahi xirgahnishin bo‘lg‘an kebi begona sham’. 

Balki oshiq do‘stlardin dururkim o‘rtanur,  

Toki shavqi o‘ti ichra o‘rtanur parvona sham’. 

Ey Navoiy, bot o‘chur ohing yelidin sham’ni,  

Topti chun ul yuz furug‘idin bizing vayrona sham’. 



293

Ko‘zum yoshardi, ayon bo‘lg‘ach ul jamoli bade’,  

Bulo‘tqa su to‘lar ul damki, bo‘ldi fasli rabe’. 

Tasavvur etsa qoshing toqini ko‘ngul titrar,

Qazo muhandisi baskim chekibtur ani rafe’. 

Nedin ayog‘inga tushkay boshingg‘a evrulubon,  

Quyosh gar o‘lmasa husn ichra qullug‘ungg‘a mute’. 

Qoshing xayoli toriqmay ko‘ngulda evrulsun,

Erur chu qiblanamo po‘yasig‘a huqqa vase’. 

Ne nav’ barqni deykim, buroqi yanglig‘ erur  

Kim, ul batiyduru muzlim, bu bir muniru sare’. 

Navoiy, uyla tirilkim, uyatdin o‘lmagasen,

Agar Rasul alayhis-salom bo‘lsa shafe’. 

Qilurni ayla rioyat demakda asra adab 

Ki, do‘st fe’lingu qavlingg‘adur basiru same’. 

294

Qizil ko‘nglak yengin orazg‘a yopsang, vajhi yo‘q voqe’:  

Quyosh ollida ko‘rmaydur kishi gulgun bulut mone’. 

Yuzidek mumkin ermas oy, musavvir, chekma zahmatkim,  

Quyosh jirmin qo‘shub hal aylasang, rang o‘lg‘usi zoye’. 

Labi ham o‘rtadi jonim, ham ochiq so‘z dedi, ya’ni  

Chuchuklukdin isitqang‘a achig‘ sharbat erur nofe’. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

151


Yuzin ochsa, necha qilsam nazar, og‘zini ko‘rmasmen,  

Nazarg‘a garchi kelmas zarra, xurshid o‘lmayin tole’. 

Jamol ochqan soyi majnunlug‘um oshsa, ajab ermas:  

Pariyning jilvasi savdog‘a hargiz bo‘lmadi dofe’, 

Labing jonimg‘a qilsa mayl, darding xasta ko‘nglumga,  

Tong ermastur,  nedinkim,  aylar  ashyo aslig‘a  roje’. 

Ko‘zung fikri bila tan xilvatida notavon ko‘nglum,  

Riyozat aynidindur kunda bir bodom ila qone’. 

Fano yo‘lig‘a o‘zluktin shuru’ etganga tor o‘ldi,  

Gar o‘lsa hodii tavfiq ochiqdur behad ul shore’. 

Navoiy dayr aro gar butparastu mast esa, tong no‘q,  

Ne qilsa piri dayr, ul ham qilur, chunkim erur tobe’. 




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling