G‘AYN HARFINING G‘AZOLALARINING G‘AVG‘OSI «FAVOYID»DIN
295
Oncha mahzun ko‘nglum o‘lmish ishqdin ozorlig‘
Kim, qilurmen yig‘labon, har kimni ko‘rsam, zorlig‘.
Do‘stlar, ko‘p zorlig‘ qilsam ajab ermaski, bor
Zor ko‘nglum do‘st javridin, base, ozorlig‘.
Bois ermish yng‘lamoqlarg‘a bo‘lub ko‘ngli zaif
Oshiqekim, furqat ichra cheksa ko‘p bemorlig‘.
Kimsaga gar g‘am yetar, g‘amxori bo‘lsa, g‘am emas,
Ul erur g‘amkim, yetib g‘am, topmag‘ay g‘amxorlig‘.
Tig‘din afgor emas, marhamni tashlangkim, iloj
Vasldur, topqan ko‘ngulga hajrdin afgorlig‘.
Bo‘lma gulzoringg‘a ko‘p mash’uf, ey dehqonki, yo‘q
Tongla rangidin bu gullarning chaman osorlig‘.
Chun Navoiy yoridur Shirinu Laylidek, ne tong
Aylasa farhodvashlig‘, yo‘qsa majnunvorlig‘.
296
Otashin la’ling o‘ti ayladi ko‘nglumni nsig‘,
Bo‘ldi bag‘rim dog‘i ko‘nglum isig‘i birla qizig‘.
Yaraqon ot qo‘yadurlar manga hikmat ahli
Kim, harorat yuzu ko‘zumni dog‘i qildi sarig‘.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |