Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

159


Daf’a-daf’a dudi ohim hadsiz uchqun birla ko‘r,

G‘am tunidek bir-bir uzra charxu anjum muntabiq. 

Chunki sensen ruhi poku men nachukkim tiyra xok,  

Suhbatimdin topsa tab’ing tiyralik, sensen muhiq. 

Har nekim kelsa qazodin, shokir o‘lmoq shart erur,  

Sudi yo‘q juz g‘ussa, kimsa har necha bo‘lsa mudiq. 

Chun Navoiy riqqat aylab, nazm etar sharhi firoq,  

Furqat ahlig‘a tong ermas bo‘lsa  ash’ori muriq. 



311

Choqin o‘ti qila olmas g‘amim tunini yoruq,  

Sahob yetkura olmas tugonlarimg‘a  momuq. 

Chu bordi xastamen onsiz, har oyinaki kishi  

Ki, jondin o‘lsa yiroqroq, bo‘lur o‘lumga yovuq. 

Yuzung nazzorasidin ko‘zki qoldi, yoptingkim,  

Emas mutolaasiz rasm mushaf o‘lmoq ochuq. 

Manga siyosati hajr ichra bir sharar basdur

Ki, mo‘r o‘rtagali ermas ehtiyoj tomuq. 

Xayolidur mutazarrar ko‘ngulda ohimdin 

Qi, yo‘q tahammuli xoh issig‘ o‘lsa, xoh sovuq. 

Base yorug‘lug‘ umid o‘ldi uyla ravzanadin,  

Tobonki dashti fano po‘yasidin o‘lsa yoruq. 

Qul o‘ldi manglayida dog‘ ko‘p ko‘rub ehson,  

Vafosi bazmida baskim Navoiy etti tobuq. 

312

Ey aql, qilmag‘il ko‘p tavsanlig‘u harunluq  

Kim, ishq bizga soldi ojizlig‘u zabunluq. 

Men yo‘qki, charxi a’zam to bir quyosh mehrin,  

Ishq ichra qilg‘ali fosh, o‘ldi anga nigunluq. 

Kim hajr zulmatida itsa ne tongki qilg‘ay,

Aynul hayot vaslin ham Xizr rahnamunluq. 

To ishq shiddatida tavshalmas odamizod,  

Noodamiyliq andin ketmas yiroqu dunluq. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling