www.ziyouz.com kutubxonasi
160
Gar ishq zaxmig‘a vasl marham desangki qo‘ysun,
Xijronda osru qilma besabru besukunluq.
Har nechakim yuz o‘lsa hijronda za’faroni,
G‘am yo‘q berur chu qon yosh ul yuzga lolagunluq.
Bir jom ul pariyvash to tutti, kimki ko‘rdi
Aytur meni: erur bu yo mast, yo jununluq.
Bu ishqi pok birla xirqamni huru rizvon
Yirtishlar, qilurg‘a hullalarin yurunluq.
Vasl istading, Navoiy, ofat boshingg‘a yog‘di,
Boshingda qayda tushti bu tole ozmunluq.
313
Ne haddim orzu qilmoq ul oy bazmida mahramliq,
Muyassar bo‘lsa xushtur, itlari xaylig‘a hamdamliq.
Meni devona qilg‘an vajhdin ani pariy dermen,
Yana bir vajh bukim, tavrida kam ko‘rdum odamliq.
Inon, tuz qomating haqqiyu ohimdin hazar qilg‘il
Ki, gulshan ichra nozuk naxlg‘a yeldin bo‘lur xamliq.
Qotiq holimga charx aylab taponcha birla ko‘k yuzni,
Nujum ashkidin etti nilufar bargini shabnamliq.
Manga bo‘l yorkim, ishq ahli birla husn eli ichra,
Muqarrarlig‘ manga yetti, sanga tegdi musallamliq.
Ne husnu nutq erur, yo rabki, zohir aylasang andin
Quyoshqa tiyralig‘ bo‘lgay, ayon Isog‘a abkamliq.
Zamon ahlini qotiqmu deyin yo sustkim, yo‘qtur
Jafo ichra alarda sustlig‘, ahd ichra mahkamliq.
Fano dayri gadoyimen, mayim eski safol ichra,
Tamosho aylab, ey shayxlar, ko‘rung ul jom ila jamliq.
Navoiy, dayr piri nuktasin fahm etmasang, mast o‘l,
Nedinkim osru ko‘p voqi’dur ish sirrida mubhamliq.
314
Ne haddim bor itingning poybo‘sin muddao qilmoq,
Manga basdur muyassar bo‘lsa yer o‘pmak, duo qilmoq.
Ayog‘ingdur manga hojatki, gom urg‘ay mening sari,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |