Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

318


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

163


Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq,  

La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq. 

Garchi hajringdin yomon holatda men, lekin manga  

Kimki andin yaxshiroq yo‘q, sensen andin yaxshiroq. 

Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun,  

Gar tilarsen, topmag‘ung men notavondin yaxshiroq. 

Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad  

Kim, bu nav’ ovoralig‘ yuz xonumondin yaxshiroq. 

Istasang, ey ishq, Majnun o‘rnig‘a sargashtae,

Bilki, topqung yo‘q bu rasvoi jahondin yaxshiroq. 

Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qo‘ysam, ne tong,  

Kimki yo‘q andin yomonroq,  men yomondin yaxshiroq. 

Ey  Navoiy, xurdai nazmingg‘a isloh istasang,  

Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq. 



319

Ul pariyvash muddaig‘a mehribondur, bizga yo‘q,  

Filmasal ollida  aning itga sondur, bizga yo‘q. 

Ko‘yida itlarga maskandur valek qavlar meni,

Vahki, hamdamlarga anda xonumondur, bizga yo‘q. 

Elni har dam o‘lturur, bizni bu g‘am o‘lturdikim,

Lutfi  aning o‘zgalarga  har  zamondur, bizga yo‘q. 

Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa,  

Gardg‘a chun ostonida makondur, bizga yo‘q. 

Itlari mehmon bo‘lurg‘a yo‘q hadim, ne nav’ dey  

Kim, ul oy mahsuslarg‘a mehribondur, bizga yo‘q. 

Hay deguncha chun o‘tar ham ayshu ham g‘am, bas nedur,  

Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yo‘q. 

Qismat ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim,  

Elga bu ish mujibi ohu fig‘ondur, bizga yo‘q. 

320

Birov jismig‘a otsa ul siymtan o‘q,  

Mening jonima sanchilur yuz tuman o‘q. 

Budur turfakim, buyla holimni anglab,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

164


Manga otmas ul sho‘xi novakfikan o‘q. 

Boshoqdin yog‘ar obi hayvon ulusqa,  

Chu yog‘dursa ul qotili safshikan o‘q. 

Ko‘p o‘q otmakim, gul yuzung furqatida  

Erur xasta ko‘nglumga har bir tikan o‘q. 

Qoshingdin tushub men yiroq, yodin o‘qdek,  

Manga za’fdin bo‘ldi go‘yo badan o‘q. 

Qadah qalqonin istakim, charx o‘qidin,  

Base yog‘durur charxi bedodfan o‘q. 

Navoiyu gulshanki bir guldin ayru,  

Manga basdurur kunji baytul-hazan-o‘q. 

321

Seningdek pariy xayli odamda yo‘q,  

Demay xayli odamki, olamda yo‘q. 

Parishon chu zulfung xamin qildi yel,

Parishon ko‘ngul yo‘qki, har xamda yo‘q. 

Bu lazzatki, zaxmingda topti ko‘ngul,

Yaqin bildikim, hech marhamda yo‘q. 

Daming xijlatidin nachuk qochmasun,

Bu dam chunki Isoi Maryamda yo‘q. 

Ko‘zung qatlidin dahr eli qolmadi,

Agar qoldi, bu yo‘qki, motamda yo‘q. 

G‘amingdnn manga ancha ayshu tarab

Ki, yuz xotiri shodu xurramda yo‘q. 

Mug‘anniy, Navoiy fig‘onin eshit  

Ki, sozing aro zer ila bamda yo‘q. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling