www.ziyouz.com kutubxonasi
166
Bo‘lmagay payvasta ul ikki muqavvas qoshidek.
Ko‘p diloro shakllarkim, chekti Chin suratgari,
Ochmadi bir chehra hargiz surating naqqoshidek.
Ko‘zlaring qonimni qut aylarda sihhat toptilar
Kim, qilibturlar g‘izo bemor parhez oshidek.
Rind bo‘lg‘ay ikki olam o‘ynag‘ay bir dav ila,
Bo‘lmag‘ay lekin xaroboti fano qalloshidek.
Siymgun qushlar tong otquncha falakda, ey Masih,
Bor ekinmu biri ul mug‘ dayrining xaffoshidek.
Qonu toza dog‘ ila ko‘nglum aningdek bo‘ldikim,
Ul qadah toshu ichidur lola ichu toshidek.
Gar zarafshon qilsa tazhib ahdi no‘gi xomasin,
Durfishon ermas Navoiy kilki gavharposhidek.
325
O‘z tilim chun istamas rozimni ixfo aylamak,
O‘zga tildin ne taajjub bo‘lg‘ay ifsho aylamak.
Menki o‘z sirrimni pinhon asray olmon, turfadur
El aning tutmog‘ini maxfiy tamanno aylamak.
Telba sirrin elga gar aytur junundindur valek
Hazl erur har dam ani el oshkoro aylamak.
Nuktakim Majnun degay ermas ajab atfoldin,
Aylamak takror ul so‘zniyu g‘avg‘o aylamak.
Ko‘nglida yuz qatla pinhon aylamak so‘zni ne sud,
Tilni bir qatla aning sharhida go‘yo aylamak.
Ko‘z manga bas, tilni kesmak istaramkim, xo‘b emas
Roz ifsho aylamak, basdur tamosho aylamak.
Kosh o‘yulsa ko‘z dog‘ikim bir tamosho aylabon,
Andin o‘ldi ming balo jonimg‘a paydo aylamak.
Bu balolardin zamone forig‘ aylar dayr aro,
O‘zni bir dam kimsa masti jomi sahbo aylamak.
Muncha kuymak ishqdindur, ey Navoiy, ashkdin
Su urub tarkin, kerak haqdin tavallo aylamak.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |