www.ziyouz.com kutubxonasi
169
Kir fano dayridakim, anda yopuq bo‘lmas eshik.
Oqsa na’sh ichra Navoiy yorasining qoni,
Chekib, ey ishq, kafan torin, aning zaxmini tik.
330
Labing xayolidakim chok erur manga ko‘nglak,
Tikar edim ani, jon rishtasidin o‘lsa ipak.
Itinga ozroq esa tu’ma pora-pora bag‘ir,
Uzub solay yana bir luqma o‘rni tutsa yurak.
Xating g‘amidin usholg‘an qalam kebi badanim,
Ichinda nol kebi har taraf zaif so‘ngak.
Binafsha yaprog‘idinmu libos etibdur gul,
Yo‘q ersa gul kebi jismingdadur binafsh yelak.
Yuzunga obila zaxmidin o‘zga xolatdur,
Nechukki bog‘ topar zeb, chun ochildi chechak.
Libos ziynatiyu ishq lofi keldi yiroq
Ki, kuymas ar necha parvonadek uchar ko‘palak.
Navoiy aylay olurmu nihon bag‘nr tuganin
Ki, lola yanglig‘ ochar pora-pora qonlng‘ etak.
331
Ul sarig‘ to‘nluq erur turg‘anda ta’zimimg‘a tik,
Shu’lakim xoshokni kuydurgali bo‘lg‘ay biyik.
Ko‘ngluma sancharg‘a, ey gul, qilma mujgoningni tez
Kim, tikonning ignasin hojat emas qilmoq itik.
Qilmadi holimg‘a g‘amzang birla la’ling iltifot,
Bor aiingdek holatimkim, ne o‘lukmen, ne tirik.
Ko‘z savodidin qora jon safhasin qildim varaq,
Bu ikining rashkidindur gar sanga yozmoq bitik.
Xol ekinmu ul ko‘z ostida, yo‘q ersa nofadin
Mushk tar bo‘lg‘ach, gul uzra qatra tomizdi kiyik.
Hajr toshi birla mehnat sholini qildim qabul.
Ey ko‘ngul, ishq ichra bo‘lmas ko‘rmayinn qattig‘ irik.
Xonaqahni bog‘lading, ey shayxu, qildiig azmi dayr,
Yuz eshik ochildi, gar bog‘landi ersa bir eshik.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |