www.ziyouz.com kutubxonasi
173
Garchi men bo‘ldum fano, bore uyatlig‘ ruhuma
Badnoi sayridin jannat nasimi esturung.
Ishq dashtida navo ko‘ptur, Navoiydek birav
Kim, kirar anda, ani yuz ming balog‘a topshurung.
338
Zihi sekribon charx uzra rahnavarding,
Nazar topmayin to‘tiyoliqqa garding.
Ko‘runub kavokib riyohini shabnam,
Chu ko‘k gulshanig‘a yetib toza varding.
Uchub yetti do‘zax o‘ti, chunki ummat
Gunohin tilarda chiqib ohi sarding.
Izingdin quyosh chehra yorutmag‘andin,
Qilib za’faron kun uzorini zarding.
Rayohin aro sarvi ozod yanglig‘,
Ko‘runub rusul xaylida zoti farding.
Rusul surmadi lomakon uzra markab,
Sen erding bu maydondakim ot chiqarding.
Navoiy, nabiy na’tijin jam’ qilg‘il,
Parishon esa xotiri harzagarding.
339
Bo‘lur gahikn g‘amim shu’lasin ayon qilsang,
Shararni shu’la uza nuqtalar gumon qilsang.
Ko‘zum yorug‘ tilar ersang, yoshurma xolingni
Ki, ko‘r o‘lur ko‘z, agar nuqtasin nihon qilsang,
Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qorong‘u tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.
Iloj qilmaki, botroq kuyarga ansab erur,
Tanim chinin necha hajringda notavon qilsang.
Ko‘z ichra halqa urubtur sirishk o‘lur, ey ishq,
Ko‘zum qorasini ul yoshlar ichra xon qilsang.
Chu javring o‘rtadi parvonani ne sud, ey sham’,
Kesib sochingni, azosi uchun fig‘oi qilsang.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |