Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

183


Ko‘rdi ul gul hajridin ko‘nglum shikofin andalib,

Bilmon, afg‘on qildi yo chok o‘ldi minqori aning. 

Qo‘yma marham tig‘i zaxmig‘a ko‘ngulda, ey rafiq,

Chiqsa jon ham, chiqmasun ko‘nglumdin ozori aning. 

Ko‘ksum uzra dog‘lar bo‘ynumda zulfi toridur,  

Toki mushkin rishtag‘a tortildi tumori aning. 

Qo‘yma qasring soyasindakim, bu ohu ashkdin  

Ham qora bo‘ldiyu ham  nam chekti devori aning. 

Dayr ko‘yining gadoyimenki, olam shohidur  

Mastlig‘ vaqtida bir oshufta xummori aning. 

Jom tutkim, tarhini qilg‘an zamon naqqoshi sun’,  

Qildi g‘am naqshini xorij davri pargori aning. 

Ey Navoiy, la’li jonbaxshi manga bo‘lsa nasib,  

Tong emas, har lahza yuz jon qilsam iysori aning. 



359

Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,  

Hazin bulbul tanig‘a har biridin bir tikan qilding. 

Ko‘ngulni telba aylab qaydig‘a har yon oqar sudin,  

Chaman zanjiri gesusinda yuz chinu shikan qilding. 

Sahob atfoli jola toshlarin yog‘durg‘ali, ey gul,  

Pariy  yanglig‘ zuhur  aylab, junun bulbulg‘a fan qilding. 

Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin go‘yo,  

Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding. 

Niholi gul nishiman gulshan etting go‘yi, ey bulbul,

Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding. 

Yuzung sham’ida shabnam, yo‘qsa terdur, soqiyo, vahkim,  

Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding. 

Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam bo‘lur guldek,  

Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding. 

O‘luk deb ujbdin zohid anga xilvatni go‘r aylab,  

Hamono pardai pindorin, ey gardun, kafan qilding. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling