www.ziyouz.com kutubxonasi
184
Navoiy, qayda g‘am sayli yana ko‘nglung uyin buzg‘ay
Ki, aylarda imorat anda balchiqi durddan qilding.
360
Latofat oyi ul yuz, shomi savdo sunbuli tobing,
Soch uzra gardi yazdiy me’jar ul shom uzra mahtobing.
Ko‘ngullar xaylig‘a xush-xush kirarga shohroh o‘lmish,
Tarog‘ chekkan zamon yo‘l-yo‘lki bo‘ldi sunbuln nobing.
Bezarda orazing mashshota hayvon chashmasi ichra,
Tushub gulguna gulgun qilmish, ermas la’li serobing.
Ipaklarkim, eshiisen jismlar zaxmi uchun go‘yo,
Muqayyad qilg‘ali jonlar qushin ham uldur asbobing.
Ulusni sajdaga targ‘ib etarga Xizri rah bo‘ldi,
Demasmen vo‘smaliq qoshingki, minorang mehrobing.
Uchi xam igna birla ko‘z duosin boshqa osqandin,
Yomon ko‘z tegmasun, bo‘ldi ko‘ngul chekmakka qullobing.
Keturgil raz qizin, soqiy, mug‘anniy, nag‘mae tuzgil
Ki, ul ko‘ktin keturgay Zuhrani afg‘ong‘a mizrobing.
Tunu kun jilva qilma, ey arusi dahr, bilmishmen
Ki, mehnat subhi bo‘lmish qoqumung, g‘am shomi sinjobing.
Navoiy, ofiyat istar esang, qo‘y dahr zolinkim,
Harif ermastur ul makkorag‘a bu jismi betobing.
361
Gulruxekim, jon arodur xor uza xori aning,
Xor-xoridindur ozor uzra ozori aning.
Uyla zulfungdin muqayyaddur ko‘ngulkim, degasen,
Yuz tugun solmish bu qush bolig‘a har tori aning.
Ko‘rsa vayronim qayondin el yiqilg‘ay, sog‘inur
Ichkari yemrulgudektur garchi devori aning.
Tarh qilg‘anda uzoring davrini naqqoshi sun’,
Teng emish xurshid davri birla pargori aning.
Dema og‘zi vasfida so‘z deki, maxsus o‘lmamish,
Ne o‘zini vahm aro hargiz namudori aning.
Vasldin ulkim asar istar talab vodiysida,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |