Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

192


Ey ishq, netib ul qora ko‘zni ko‘rayinkim,

Ko‘zning qorasin hajrida ashk ayladi zoyil. 

To bo‘ldi sening husnunga oshiq uza oshiq

Ish bo‘ldi mening ko‘ngluma mashkil uza mushkil. 

Ul ko‘z olur el jonin o‘g‘urluq bila, vahkim,  

Boqmas bu taraf, tutsam o‘zumni necha g‘ofil. 

Yodi bila behushlug‘um daf’ini qilmang,  

Devoridin ul ko‘yning ar bo‘lmasa kahgil. 

Ey mug‘bacha, oshiqmenu durdikash, etib rahm,  

Ne yuzunga, ne jomg‘a qil pardani hoyil. 

O‘zlukni fano o‘tig‘a kuydurdi Navoiy  

Kim, savmaadin xorij erur dayrg‘a doxil. 



377

Ul shayxki, minbar uza afsung‘a berur tul,  

Shaytondur o‘zi, majlisining ahli suruk g‘ul. 

G‘aflatdin  agar va’z ila uyg‘otsalar elni,

Ul aylar uyutmoq uchun afsonag‘a mashg‘ul. 

Boshtin ayog‘i minbarining poyasi doston,  

Ham o‘ziyu ham ma’rifati johilu majhul. 

Ko‘rmay xirad ashobida bir fardni oqil,  

Topmay kishi afsunida bir nuktani ma’qul. 

Har neki hadis oti qo‘yub, barchasi mavzu’,  

Naqliki mashoyixdin etib, borisi majhul. 

Yuz pora qilib, minbari o‘t yoqqali avlo,  

Bu shart ilakim, bo‘lsa o‘zi qotilu maqtul. 

Iblis sifat el sari mayl etma, Navoiy,

To bo‘lmag‘asen zarqu riyo qaydida ma’lul. 

378

Qon yoshim ichra tanim to‘lg‘ang‘anin nazzora qil,  

Lolazor ichra yilon gar ko‘rmading, o‘t uzra qil. 

Bodadinmu erkin, usruk  ko‘zlaringning humrati,  

Yo uzoring o‘ti tobidin bo‘lubturlar qizil. 

Ko‘nglum ichra har yara og‘zida paykoning uchi, 




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling