Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

188


Hajr yuz o‘tlosh balo zindonig‘a solmish meni,  

Buyla mahbasdin qutulmoq ehtimolin so‘rmagil. 

Men o‘lub labtashnayu la’li labing obi hayot, 

Bu gado komin berur bo‘lsang, savolin so‘rmag‘il. 

Ishq dashti ichra itkondin xabar ma’lum emas,

Ul taraf ovora bo‘lg‘anning maolin so‘rmag‘il. 

Vasl ummidi birla yuzlandi Navoiy ko‘yinga, 

Qatl qilsang —qilg‘il, ummidi muholin so‘rmag‘il. 



368

Sen eding ko‘nglum aro, har nscha chok ettim ko‘ngul,

G‘unchadekkim, har qayon ochildi —zohir bo‘ldi gul.  

Ko‘ksi ichra otashin gul g‘unchasining naqshidur, 

Bulbuli bedilg‘a go‘yokim emas o‘tlug‘ ko‘ngul. 

Bu chamandin yel uchurub gulni, bulbul qolg‘ani  

Rost  andoqturki qolg‘ay, chunki shu’la o‘chsa, kul. 

Qon yutub bir gul g‘amidin o‘lganim yod aylasun,  

Gul chog‘i har kimki, bir gulrux elidin ichsa mul. 

Oy ila xurshid ato birla apo bo‘lsa sanga, 

Qul dodakdin hosil o‘lg‘andek turur mirzo o‘g‘ul. 

Sayli ashkimdin o‘targa ojiz o‘lsang keskamen  

Bog‘i umrin shoxsorin qilgali omoda pul. 

Ey Navoiy, sen ne had birla anga qul bo‘lg‘asen

Kim, beganmas aylamakka  Yusufi misriyni  qul. 

369

Tarki ishqin qilg‘ali jon bo‘ldi jonondin xijil,

Ko‘z ko‘nguldin, bal ko‘ngul ham ko‘nglum olg‘andin xijil. 

Novaking yetkach o‘luk jismimga, toptim infiol,

Naqdsiz andoqki topqay o‘zni mehmondin xijil. 

Dinu imonimni toroj  etti  ammo bormen

Ey musulmonlar, hanuz ul nomusulmondin xijil. 

Hajrida ko‘r o‘lmag‘an ko‘zni qizartur qon yoshim.  

Ne qizormoqturki, ermas dardi hijrondin xijil. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling