www.ziyouz.com kutubxonasi
190
Ani tutqilkim, alam xaylini aylar poymol.
Bu g‘azalning maqta’in matla’ xayol etgan kishi,
Ey Navoiy, shoyad etkay fahm sen qilg‘an xayol.
372
Yor hajri xohi bir kun, xoh yuz yil, ey ko‘ngul,
Zahrdin bir qatrayu daryoni teng bil, ey ko‘ngul.
Chunki onsiz o‘lgung, ushbu damki ayrilmoqqadur,
Bori ul orazg‘a o‘lguncha nazar qil, ey ko‘ngul.
Har qayon borsa, chu ul qotildin ayrilmas raqib,
Xoh sen qotil anga, xoh andin ayril, ey ko‘ngul.
Oyu yil devonayu mast o‘lmog‘ingdin to‘ymading,
Yilchilay ul oy borur, bir lahza ayil, ey ko‘ngul.
Oshiq o‘lsa shohu ma’shuqi gado lozimdurur,
Ul niyoz etmas ayon bu noz bilgil, ey ko‘ngul.
Ajdaholar ishq dashtida kirardindur zabun,
O‘t tutoshubtur bu vodiy nchra — yong‘il, ey ko‘ngul.
Ishq tig‘i gar Navoiy ko‘ksini chok ayladi,
O‘lmayin netkung durur, bir lahza ochil, ey ko‘ngul.
373
Yog‘ligin eykim, tikarsen, igna mujgonimni qil,
Naqsh etarda tori aning rishtai jonimni qil.
Istasang torin qizil yoxud qora qilmoqqa rang,
Ko‘z qorasin hal qilib, ko‘zdin oqar qonimni qil.
Gar desang har yon qizil gullar qilay nusxat anga,
Ko‘ksim ochib, toza qonlig‘ dog‘i hijronimni qil.
G‘unchalar gul yonida tikmak tahayyul aylasang,
Anga nusxat ko‘ngul otlig‘ zori hayronimni qil.
Gar desang har yon pariy shakli namudor aylayin,
Vah, ne nav’ aytay, vale manzur jononimni qil.
Qilsang ul yog‘lig‘ aro bir she’r ham yozmoq havas,
Anda har yon naqsh bu nazmi parishonimni qil.
Ey Navoiy, kimki bu yog‘liqni tiksa yor uchun,
Muzdi jonim javhariyu naqdi imonimni qil.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |