Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

187


Bir nima yordin aylab edi ma’lum ko‘ngul. 

Davr zulm aylaru, davr ahliyu davr ofati ham,  

Necha zolimg‘a asir o‘lg‘usi mazlum ko‘ngul. 

Rahmat ul kofiri qotilg‘aki, bedod chog‘i,

Rahm qilmas, nechakim, bor esa marhum ko‘ngul. 

G‘uncha og‘zi aro vahm etsa ul oyning og‘zin,  

Topqusi doirai nuqtai mavhum ko‘ngul. 

Ko‘p vafo istadiyu topmadi eldin go‘yo, 

Kim, vafodek o‘zini ayladi ma’dum ko‘ngul. 

Yor mavzun qadi vasfida Navoiy yanglig‘,  

Nazm javharlarini qilg‘usi manzum ko‘ngul. 

366

Tunu kun ul oy xayoli birla men oshuftahol,  

Bir xayol aylab meni shaydoyu elga yuz xayol. 

Tongdin oqshomg‘acha g‘am tog‘in qozib Farhodvash,  

Kecha tong otquncha dasht uzra ozib Majnun misol. 

Olam ahli ohu nolam istimo’idin malul,  

Ko‘ngluma olam eli bedodu zulmidin malol. 

Qilmag‘an jurmumg‘a, tortib charx tig‘i intiqom,

Bu balog‘a chora topmoqqa topilmay ehtimol. 

Men balokashmen, manga bazm ichra hijron zahri bas,  

Soqiyo, ayshu nashot ahlig‘a tut jomi visol. 

Mehr rasmin, ey ko‘ngul, davron elidin istama,

Ul quyoshqa negakim yetmay kamol, o‘lmish zavol. 

Gar Navoiy telbarab javringdin itti, ey pariy,

Ul nechakim ishq aro bordi yomon, sen yaxshi qol. 

367

Kuymagim  ko‘r, ishq o‘tining ishtiolin so‘rmag‘il,

O‘lmakim boq, hajrining dardu malolin so‘rmag‘il. 

Demagilkim, ul pariy hajrinda ko‘nglung holi ne,  

Telbakim g‘am dashtida barq urdi, holin so‘rmag‘il. 

Eyki, dersen: hajr za’fida xayoling ne ekin,  

Za’fdin ulkim, xayol o‘ldi, xayolin so‘rmag‘il. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling