www.ziyouz.com kutubxonasi
191
374
Yana firoqida har kun erur manga yuz yil,
Valek har kechasin necha kundin ortuq bil.
Desangki o‘lturayin, ey firoq, jismimni
Chu za’fdin topa olmang, o‘luk tasavvur qil.
Men o‘ldum, ey ko‘ngul, ul dilrabodin ayrilma,
Gar andin o‘zga sevar joning o‘lsakim, ayril.
Tanimni garchi g‘aming tig‘i etti yuz pora,
Bu shukr adosiga har birni, istaram, bir til.
G‘amingda lola kebi chok ko‘nglakim bo‘lmish,
Firoq dudiyu ko‘z qonidin qorayu qizil.
Chu topmogung bu chaman g‘unchayu gulida vafo,
To‘kulma g‘uncha kebi, lek gul masallik ochil.
Navoiyo, nega aflok murtafi’ bo‘lmish,
Agar g‘amimdin emas, vazn kaffasida yengil!
375
Ey, qading sham’u yuzung sham’ uza gul,
Sham’ning dudi muanbar kokul.
Dam-badam ichmas esang gulgun may,
Ne uchun orazing o‘lmish gulgul.
Yuzda xoli labing ul hindu erur
Kim, nchar xirmani gul ustida mul.
Mengakim ul qad ila zulf kerak,
Netayin savsanu naylay sunbul.
Otashin gulga vafo chun yo‘q emish,
O‘zni ko‘p o‘rtamagil, ey bulbul.
Oqibat yerga kirarsen gar xud,
Bo‘lsa ko‘k atlasi raxshing uza jul.
Ey Navoiy, qadam urmoq bo‘lmas,
Rahnamoy o‘lmasa hodiyi subul.
376
Azm o‘lsa xayolingg‘a, ko‘nguldur anga mahmil,
Osoyish agar istasa, ko‘z chashmasi manzil.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |