www.ziyouz.com kutubxonasi
194
Bodai la’li labing qonima berdi tahlil,
Qatl emish xosiyati, la’lki bo‘lg‘ay mahlul.
Vahki, maqsudni ma’lum etayin deb umre,
Bir sarimo‘y emasturki, emastur, majhul.
Gar Navoiy desa but vasfini takfir etmang,
Dayr piridin erur buyla rivoyat manqul.
381
Nolani har nechakim eldin nihon aylar ko‘ngul,
Seni sog‘ing‘ach yana bexud fig‘on aylar ko‘ngul.
Har nechakim yoshururmen rozi ishqing xalq aro,
Bir mahalsiz oh ila borin ayon aylar ko‘ngul.
May tarashshuh aylagandek chok bo‘lg‘an shishadin,
Zaxmidin xunobasin har dam ravon aylar ko‘ngul.
Qasd etar ko‘nglumki, olg‘ay lablaringdin komi dil,
Emdi tahqiq ayladimkim, qasdi jon aylar ko‘ngul.
Ko‘z ko‘rar yuzungniyu ko‘nglum meni rasvo qilur,
Zor etar ko‘nglumni ko‘z, bag‘rimni qon aylar ko‘ngul.
Shu’lai ko‘kurd ko‘rguzdi qazo kuydurgali,
Dardi ishq ahlin bukim gardun gumon aylar ko‘ngul.
Ey Navoiy, avval ul nomehribong‘a uchratur,
Kimnikim men benavodek notavon aylar ko‘ngul.
382
Yuzi oyina qildi ko‘zguni ul siymbar hoyil,
Aningdekkim, quyosh ruxsorig‘a bo‘lg‘ay qamar hoyil.
Ul o‘tluq yuzni qilmoq zarvaraq pinhon emas mumkin,
Ne imkondur ko‘rarga shu’lani bo‘lmoq sharar hoyil.
Ko‘runmas zor ko‘nglum jahd etib paykonlaring ichra,
Magar ul qushqa bo‘lmish kasrati bargi shajar hoyil.
Suni andoqki yopqay safha-safha, bargi gul tushkach,
Yoshimg‘a pora-pora bo‘lmish ajzoyi jigar hoyil.
Sochingg‘a gardi yazdiy me’jaring hoyil bo‘la olg‘ay,
Bo‘la olsa savodi shom uza shabnam agar hoyil.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |