www.ziyouz.com kutubxonasi
203
Gar sabo tahrikidin ko‘yiga borsa tufrog‘im.
Vasli bay’ig‘a to‘kub el siymu men yordim yurak,
Komima mushkilki, yetkaymen bu bo‘lsa yormog‘im.
Barq emaskim, o‘t choqarmen dahrni kuydirgali,
Tog‘ ila bo‘lmish yangi oy, chunki toshu chaqmog‘im.
Ishq aro Farhod ila Majnun sherikimdur, vale
Dardu g‘am chekmakka mencha yo‘q bu ikki o‘rtog‘im.
Dema maxmur o‘lsang o‘zni solmag‘il, ey mug‘bacha,
Istaram, bo‘lg‘ay fano dayrida o‘zni solmog‘im.
Ey Navoiy, dema: umrung o‘tti — ishqu maydin o‘t,
To tirikmen, ermas ushbu ikki ish aylar chog‘im.
399
Qora dastor to chirmadi mohim,
Boshimg‘a chirmashibtur dudi ohim.
Yog‘ibtur nargis ichra jola, yoxud
Ko‘zida ashk erur bor ishtibohim.
Anga hamrang o‘lay deb motamimen,
Qorarg‘an ro‘zgorim bor guvohim.
Sirishkim xatlari sharhini so‘rdum,
Dedi, xayli balog‘a shohrohim.
Manga xud bu azo bo‘ldi bahona,
Mudom oqmoqqa ashki goh-gohim.
Yema bozi nujumi tiyradinkim,
Erur qalb uylakim, ro‘kash darohim.
Ko‘zumdur tiyra, ya’ni, ey Navoiy,
Qora to‘n kiydi motam ichra shohim.
400
Firoqing do‘zaxi ichra vujudum
Bo‘lubtur o‘t, nafaslar anda dudum.
Kelib jon rishtasiyu jism tori,
Vujudum xil’atida toru pudum.
Firoqingda yutub qon qilsam afg‘on,
Mayi nobimdur ul, bu bir surudum.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |