Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

199


391

Tig‘i hajringdin erur yuz yara noshod ko‘ngul,  

Qilsa tong yo‘q ul og‘izlar bila faryod ko‘ngul. 

Ey ko‘ngul, ishq aro gar g‘amliq esang, bok ermas,  

Qayda ishq ahli aro topti birav shod ko‘ngul. 

Gar yuzung shu’lasidin kuydi dog‘i kul bo‘ldi,  

Lek bo‘ldi mening ohim bila barbod ko‘ngul. 

Boshog‘ingning temurin tesha yasab oh o‘tidin,  

G‘ussa tog‘ini qozar uylaki Farhod ko‘ngul. 

Ne ajab telbarasam, chunki olibtur mendin  

Odamizod demon, balki pariyzod ko‘ngul. 

Ne vafo rangiyu ne mehr isi bor, ey bulbul,

Bu chaman gullariga aylama mu’tod ko‘ngul. 

Yor yodig‘a Navoiyni beray deb erdi,  

Borg‘ali qilmadi ani ham o‘zi yod ko‘ngul. 

392

Bog‘ aro erdingmukim, bu kecha gulbez esti yel,  

Boda  ichtingmuki, behad ishratangez esti yel. 

Yuz uza zulfungni qildingmu parishon noz ila  

Kim, gahi gulboru, gohi anbaromez esti yel. 

Yuzu qadding shavqidin o‘ldum, hamono bog‘din  

Ochilib gul, jilva aylab, sarvi navxez esti yel. 

Yelga ruxsoru taning ochib, magar berding hayot  

Kim, umid ahlig‘a gulposhu samanbez esti yel. 

G‘unchalar shavqungda go‘yo bog‘lag‘anlardur ko‘ngul  

Kim, nechakim, esti ul yondin, dilovez esti yel. 

Bu chamanda bo‘lsa yel sokin, o‘char sham’i hayot,  

Yorutur anduhu g‘am o‘tin, agar tez esti yel. 

Ey Navoiy, ranj ila xush bo‘lki, Farhod ohidin

Bilki, qo‘pti tashlamoqqa toji Parvez, esti yel. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling