Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


MIM HARFINING MAHBUBLARINING MALOHATI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

MIM HARFINING MAHBUBLARINING MALOHATI «FAVOYID»DIN 

393


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

200


To yigit erdim, qarilarg‘a ko‘p erdi xidmatim,  

Qarig‘an chog‘da yigitlarga og‘irdur suhbatim. 

Ne uchun bo‘ldum kichik yoshlig‘lar ichra ko‘p saqil,

Garchi ko‘p zohirdurur sinn kasratidin xiffatim. 

Vahki,  damdin-damg‘a, mendin  yorlarg‘a  ijtinob,  

Garchi kundin-kunga ortuqtur alarg‘a ulfatim. 

Gar taammul aylasam voqi’, muhiqdurlar alar,  

Ne uchunkim hech qolmaydur alarg‘a nisbatim. 

Mushk chun kofur bo‘ldi — yog‘di o‘t ustiga qor,  

Xatti mushkin birla o‘tluq yuzga netsun rag‘batim. 

Bog‘ aro sarvi sihi yonida ko‘rdum eski tok

Bo‘ldi tuz bo‘ylug‘lar ichra xam qadimdin ibratim. 

Ey ko‘ngul, tut go‘shae emdi ibodat qilg‘ali,  

Qolmoq istar bo‘lsang ellik yilg‘i bo‘lg‘an hurmatim. 

Chunki ellik manzil o‘tti umrdin, sokin bo‘lay,

Ne uchunkim emdi yo‘q sur’at qilurg‘a quvvatim. 

Nettim ellik yilda juz isyonki, emdi netkamen,

Yona ellik yilg‘acha tuttumki, bo‘lsa muhlatim. 

Lutf etib, yo rabki, imon boylig‘i qilg‘il nasib

Kim, halok etmish amal muflislig‘idin xijlatim. 

Ey Navoiy, g‘am yemakim, bahri g‘ufron ursa mavj,  

Tengri lutfidin ne mumkin juz ummidi rahmatim. 



394

Ne ajab qon yig‘lasam ahli zamondin dam-badam  

Kim, alardin g‘am uza g‘amdur, alam uzra alam. 

So‘z demak bo‘lmas alarning zulmi yoxud lutfidin,  

Chunki ul ko‘ptin dog‘i ko‘ptur, bu kamdin dog‘i kam. 

Charx go‘yokim chekar mehnat yuki davr ahlidin 

Kim, bori jismida anjumdin ter o‘lmish, qaddi xam. 

Lavhai xilqatlarida yo‘q magar harfi jafo,

Safhai xotirlarida yo‘q magar naqshi sitam. 

Soyiri ifrod ishi bu bo‘lsa, ulkim fard erur,

Barcha eldin husn aro ozdur anga yuz muncha ham. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling