Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

208


Bordi ko‘zdin chun bag‘ir pargolasidin ko‘prakim. 

Har tong erta cheksa gardun subh tig‘in qatlima,

Tong emaskim, bordur ul dushmanlar ichra ertakim. 

Ayshu rohat qushlarnn sayd aylay olmon, garchi bor  

Ko‘z yoshidin donayu jon rishtasidin ilmakim. 

Ey Navoiy, buki gardun evrulur fonusdek,  

Ko‘ngliga kor etti go‘yo sham’ yanglig‘ kuymakim. 

408

Qaysi taqvo xirmanin fisq o‘tidin kuydurmadim,  

Qaysi tavba naxlini  nafs ilgidin sindurmadim. 

Turmay oqsa ko‘zdin ashkim ne ajabkim, tavbadin  

Garchi ko‘p so‘z dedim, ammo bir so‘zumga turmadim. 

Xo‘blar ishqida ko‘z birla ko‘ngul bedodidin,  

Ne baliyatlarki munglug‘ boshima kelturmadim. 

Jom barqidinmu zuhdum xirmanin kul qilmadim,

Boda saylidinmu aqlim qasrini indurmadim. 

Lolaruxlardinmu har dam qilmadim ashkimni qon,  

Sarv   qadlardinmu  gardung‘a   fig‘on  yetkurmadim. 

Dayr piri ilgidinkim, bog‘ladim zunnorni,  

Mug‘bacha  ollida  mushafni  magar  kuydurmadim. 

Qaysi sho‘xi bodapaymo bazmidin surgach meni,  

Nangsizlikdin yirog‘roq turubon telmurmadim. 

Masti loya’qil yaqo yirtib, ayog‘u bosh yalang, 

Yig‘lamoqdin kimnikim, o‘z holima kuldurmadim. 

Yo rab, o‘z tavbamg‘a yo‘qtur e’timodim, sen magar  

Tavba bergaysenki, men aytib bajo kelturmadim. 

Bermading tavfiq, yo‘qsa ne uchun har qatlakim,  

Tavba sindurdum, o‘zumni g‘ussadin o‘lturmadim. 

Ey Navoiy, istasang tinmoq, ishing tengriga sol,

Yo‘qsa men say’ aylabon, sendin ko‘ngul tindurmadim. 

409

Vasling istab o‘qdek etkay erdi sur’at paykarim,  

Naylayinkim, hajr o‘qi paykonlaridur langarim. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling