www.ziyouz.com kutubxonasi
210
Ko‘nglum olurda ummidi mehr ila zor ayladi,
Dilrabolar zor etib, bemehr o‘lurni bilmadim.
Oshiq o‘lmang dermen, ey ahbob, pand aylang qabul,
Men nelar ko‘rdum, chu el pandin ko‘zumga ilmadim.
Lahza-lahza hajr o‘ti chekti alam uzra alam,
O‘ttimu bir lahzakim ul shu’lag‘a yoqilmadim.
Hajridin bor ersa ranjing, tunu kun bo‘l mastkim,
To manga bu nukta kashf o‘ldi, yana oyilmadim.
Og‘zi hajridin Navoiydek adam sahrosida,
Ittim andoqkim, o‘zum ham istabon topilmadim.
412
Harir ko‘nglaku ko‘ksin nazzora aylamadim
Ki, ko‘nglak o‘rnig‘a ko‘ksumni pora aylamadim.
Demaki, ko‘ksini men muncha pora qilmaymen
Ki, ani men xud o‘zum muncha yora aylamadim.
Firoq shomi o‘zi dog‘i tiyradur yolg‘uz,
Duxoni ohim ila ani qora aylamadim.
Dema necha tuganing bor, bilmon a’dodin,
Agarchi hargiz alarni shumora aylamadim.
Ulusqa ishqim o‘tin ko‘ksum ohi fosh etti,
Men ani ishqim ila oshkora aylamadim.
El istixora qilur tavbag‘a sahargahu men,
Bajuz sabuhi uchun istixora aylamadim.
Navoiyo, meni ul mast bazmidin surdi,
Yo‘q ersa kom ila andin kanora aylamadim.
413
Itingki, bordi qilib tu’ma bag‘rimu yuragim,
Oqarg‘usidur aning intizoridin so‘ngagim.
Firoq o‘ti yuragimni su aylab oqizdi,
Chekarga hajri g‘ami emdi yo‘qtur yuragim.
Etak-etak guhar ollingda sochsam ermas ayb
Ki, ko‘z xazonasidin dam-badam to‘lar etagim.
Mayim firoq aro xunobi g‘amdurur, may emas,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |