www.ziyouz.com kutubxonasi
213
Iltifot etmay, Navoiyni qilur har dam halok,
Mavt ma’hudig‘a gar ta’yin emas miod ham.
418
Yor kelgach manga dushman bo‘lurin bilmas edim,
Yo‘qsa tun-kun tilabon vasl, duo qilmas edim.
Ayrilib kelgucha o‘lturmakini bilsam edi,
O‘lsam, andin boruri vaqtida ayrilmas edim.
Oyg‘a boqtim yuzi yodi bila, qonim to‘kti,
Bilsam ul bo‘lsa quyosh, ko‘zga ani ilmas edim.
Bog‘i husni gulidin rang yo‘qi fahm o‘lsa,
Bog‘dek sovrulubon, gul kebi sochilmas edim.
Zarqni bilsam edi ishqu junun zumrasidin,
Ayrilib, zuhdu riyo xaylig‘a qotilmas edim.
Anglasam erdiki, el rashkidin o‘lturgusidur,
Hajr dashtida tilar xalqqa topilmas edim.
Ey Navoiy, nega vaslida hazinsen demakim,
Yor kelgach manga dushman bo‘lurin bilmas edim.
419
Sharhi dardim yorg‘a yozdim — javobe topmadim,
Nomadek ul sharhdin juz pechu tobe topmadim.
Yozmog‘ida muztarib erdim javob ummidig‘a,
Chun javobe topmadim, juz iztirobe topmadim.
Jannati vasl orzusidin bitik qildim raqam,
O‘trusida g‘ayri do‘zaxdin azobe topmadim.
Vasl ummidi va’dasida maks agar ko‘rguzdi yor,
Umrdin shavqida aning juz shitobe topmadim.
Jonu tan ummidvor erdi, chu qat’ o‘ldi javob,
Juz tani farsudayu joni xarobe topmadim.
Ruq’ai mehrinki, gardunning tilar el behisob,
Men anga ma’yusluq yanglig‘ hisobe topmadim.
Ey Navoiy, yor lutfu qahrining xohonimen,
Ham erurmen xush, gar andin juz itobe topmadim.
420
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |