www.ziyouz.com kutubxonasi
212
Ey falak, shohu mahim sham’i ruxidin g‘am tuni,
Yorutub uy, yo‘lg‘a keltur baxti gumrohimni ham.
Ey Navoiy, shohim ayvoni mahim husnin ko‘rub,
Jon tarabgohimni topsa, ko‘z nazargohimni ham.
416
Bahoru bog‘din ortar malolatu dardim
Ki, yo‘q chaman aro gulbargi nozparvardim.
Meniki, ul yuzu xat dardmand etti, ne tong,
Bahoru sabzani ko‘rmakdin ortmoq dardim.
Bahori husn tamannosi ichra bargi xazon,
Sirishk qonlaridin bo‘ldi chehrai zardim.
Bahor yomg‘uri rahmat sahobidindur agar,
Yog‘arda qo‘ymasa chiqmoqqa ko‘yidin gardim.
Bihishtning chechagu marg‘zoridin ne osig‘,
Mangaki, ul xatu yuz keldi sabzayu vardim.
Jahon xayolidin andoqkn, fard qildi meni,
Sipehr mehnatini ko‘rmasin mahi fardim.
Navoiy ayladi shabzindadorlig‘, netkay
Ki, yetsa boshig‘a bir kecha mohi shabgardim.
417
Xo‘blar oshiqlarin noshod etarlar, shod ham,
Vahki, bizga yorimizdin lutf yo‘q, bedod ham.
Turfa ko‘rkim, javri birla dog‘i g‘amnok aylamas,
Garchi rahmu iltifoti birla qilmas shod ham.
Yo‘qki, la’li no‘shidin qilmas hayotim fikrini,
G‘amzai xunrezin etmas jonima jallod ham.
Mahvashidin kimsaga mehr o‘lmasa, xushtur jafo,
Mehr bunyodin yiqib, qilmas jafo bunyod ham.
Jon beribkim, xora yo po‘lod yetmas yordin,
Bu jafoni torta olmas xora bal po‘lod ham.
Soqiyo, bir jom ila bu g‘amni yodimdin chiqar,
Garchi holim shiddatidek charx bermas yod ham.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |