Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
221
Vasl aro ahbob ila ul zolim oncha qo‘ydi dog‘ Kim, ul o‘tqa to‘zmagandin dog‘i hijron istadim. Xonaqah ahli azobidin may ettim orzu, Zohido, o‘ldum deganda, obi hayvon istadim. Ey Navoiy, ishq aro o‘lsang dog‘i vasl istama Kim, muyassar bo‘lmadi, men ulcha imkon istadim. 435 Labnng hayot suyidin zulol emish — bildim, Zulol nuqtasi ustida xol emish — bildim. Uchuq labingda emas, reza inju la’l uzra Ki, bargi gul uza bir qatra bol emish — bildim. Qadimki xam bo‘lub, og‘zing xayolidin itti, Adam ichinda hamonoki, dol emish — bildim. Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim, Bu Ka’ba toqiyu ul bir Bilol emish — bildim. Yuzungni bilmas edim zulf aro chu qildi tulu’, G‘arib axtari farxundafol emish — bildim. Daniy tajammulu ozodaning falokatidin, Zamon tabiati bei’tidol emish — bildim. Firoq shomida so‘rdum Navoiy ahvolin, Soching xayolida oshuftahol emish — bildim.
Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim — bilmadim, Bu g‘azabkim, ayladi mohim, gunohim — bilmadim. Oshiq o‘ldum, yordin topqay debon ko‘nglum visol, Hajr bu yanglig‘ bo‘lurni kiynaxohim — ilmadim. Yor ko‘yi ichra itti zor jismim ohdin, Qayda tushkanni bu yeldin bargi kohim— bilmadim. Ishq bo‘stonig‘a kprganda havoiy qush kebi, Sunbuli zulfi bo‘lurni domi rohim — bilmadim. Aqlu xushu sabrim itti, ko‘rgach ul kirpik safin, Bir-bir o‘lmog‘ni qora ko‘rgach, sipohim — bilmadim.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 222
Kirmaguncha dayr aro tinch o‘lmadim, tut bodakim, G‘ussadin bu qal’a erkanni panohim — bilmadim. Ey Navoiy, buyla qilg‘an ro‘zgorimni qora, Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim — bilmadim. 437 Ey, ko‘ngulga yuz tuman bedod sendin, jong‘a ham, Muncha birla rashk andin munga, mundin ong‘a ham. Moviyu gulgun to‘n ermaskim, ko‘zu ko‘nglum aro, Sug‘a dog‘i tushmish ul usruk, bo‘yalmish qong‘a ham. Husnig‘a hayronmen ul yanglig‘, meni hayronki el, Ham aning husnig‘a hayrondur, meni hayrong‘a ham. El buzug‘ ko‘nglin so‘ra borg‘an emish ul ganji husn, Ranja qilg‘aymu qadam, yo rab, bizing vayronga ham. Lam’ai paykonidinmu ko‘nglum ichra tushti o‘t, Yo‘qsa ko‘nglumdin o‘qig‘a tushti o‘t, paykong‘a ham. Qil gadoyingg‘a vafo, ey xo‘blar sultonikim, Bevafolig‘dur gadog‘a umr ishi, sultong‘a ham. Ey Navoiy, davr ayog‘in tut g‘animat, ushbu dam Kim, sabote yo‘qturur bu davrg‘a, davrong‘a ham.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling