Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

220


Kim, xudo bermaydur ul  sho‘xi jafogustarg‘a rahm. 

Xo‘blug‘ rasmin ilikdin berma, ey berahmkim,  

Xo‘blar oshiqlaridin qildilar aksarg‘a  rahm. 

Yo‘lung ustida yotibmen xastayu zoru zaif,  

Bir o‘tarda aylagil bu bekasi muztarg‘a rahm. 

Bevafolar sari gar dunlarg‘a rahm ermas, ne tong,

Yo‘qki dunlar, balki yo‘q garduni dunparvarg‘a  rahm. 

Ey Navoiy, sarv yanglig‘ dudi ohu siymi ashk,  

Ne osig‘ chun kelmadi ul sarvi siymnnbarg‘a rahm. 

433

To o‘yuldi xanjari hijron bila giryoi ko‘zum,

Ul tanur o‘ldiki, zohir ayladi to‘fon ko‘zum. 

Vola ul suratqa, jono, to bo‘lubturmen. erur

Surati bejon ko‘zidek, ul taraf hayron ko‘zum. 

Dedim: etkil orazing birla ko‘zung vasfin, dedi:  

Orazim davri qamar, sarfitnai davron ko‘zum. 

Ashkdin yuz sari chun zohir qilur durri samin,  

Go‘yiyo ko‘z mardumi g‘avvos erur, Ummon ko‘zum. 

Bo‘ldi bir gulgun bo‘yalg‘an sham’ining xam shu’lasi,  

Qilg‘ali  rangin sirishkidin tanimni  qon  ko‘zum. 

Chun keraktur pok ko‘z manzuri bo‘lmoq pok yuz,  

To yuzung bor, o‘zga yuz ko‘rmak emas imkon ko‘zum. 

Ey Navoiy, yo‘q hadim ul sho‘xni ko‘rmakka, lek  

Har qayon azm etsa, asrar xalqdin pinhon ko‘zum. 

434

Javhari paykonlaringning maxzani jon istadim,  

Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim. 

Tarki ishq irshod qildim ko‘ngluma, qatl aylading,  

Bu edi jurmumki, kofirni  musulmon istadim. 

Ey sabo, devona  ko‘nglumdin xabar topqilki,  men  

Topmadim, chun ul pariy ko‘yida har yon istadim. 

Zulf  aro qoshing ko‘rungach, bo‘lmadi zohir hilol,

Shomi iyd ani sipehr uzra farovon istadim. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling