Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
196
Ey ko‘ngul, nazzorai ul qotili bebok qil. Har ne ko‘kdin kelsa bo‘l tufrog‘dek hoyil magar, Nopisanding bo‘lsa, man’i gardishi aflok qil. Ey Navoiy, ishq o‘tining shu’lasi chiqsun desang, Ko‘nglaking choki ne osig‘, ko‘kragingni chok qil.
La’li jonbaxshiki elga jon berur, jonimdur ul, Ulki mundoq lab bila der nukta, jononimdur ul. Vasl shomi ul qadu yuz davrida parvonavor, Chevrulub kuysam ne tong, sham’i shabistonimdir ul. Nuktai mavhum emas ko‘nglumda og‘zing yodidin Kim, bu xunin g‘uncha ichra dog‘i pinhonimdur ul. Itlaringga tu’madur bag‘rim va lekin qo‘llarin Ulki rangin aylamish hinno kebi — qonimdur ul. Deb empshsen, tarki ishqim ayla, yo o‘l hajr aro, Munda o‘lsam ham o‘lay, lekin ne imkonimdur ul. Eyki ko‘rdung hajr zindonida bir qonlig‘ asir, Notavon ko‘nglum bu, lekin baytul ahzonimdur ul. Xusrave ko‘rsangki, ash’orim o‘qub holat qilur, Ey Navoiy, anglakim, shohi suxandonimdur ul.
Aytaolmonkim, meni ovora birla yor bo‘l, Garchi yo‘q qilding meni ul ko‘ydin, sen bor bo‘l, Men agar bar topmadim sensiz hayotim shoxidin, Naxli umrungdin sen, ey badmehr, barxurdor bo‘l. Chun meni g‘am tig‘idin qatl aylading, ne sud, agar Motamimdin g‘am yegil, yo o‘zgaga g‘amxor bo‘l. Ey ko‘ngul, ul umr hajri chun bu yanglig‘ sa’b erur, Gar qutulsang jon berib, jon birla minnatdor bo‘l. Ul quyoshning ko‘yidin, eykim, tilarsen chiqmasang, Xoksor anda nechukkim, soyai devor bo‘l. To tiriksen, istasang xushvaqtlig‘, ey mayparast, To to‘lar paymona, mug‘ dayrida xizmatkor bo‘l.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 197
Ey Navoiy, gar tilar ul sho‘x ozoring sening, Kim deb erdikim, vafosiz elga mundoq zor bo‘l. 337 Vahki, bu bedil g‘amingdin o‘ldi, ey dilxoh, kel, Ey ko‘ngul, sen dog‘n ul dilxoh ila hamroh kel. Mumkin ermas og‘zim ichra kel demakdin o‘zga so‘z, Garchi yor ollida tengdur xohi tur de, xoh kel. Garchi dardimg‘a davo qilg‘ung yo‘q, ammo hajr aro, Asru qattiq holatimdin bo‘lg‘ali ogoh kel. Uylakim tom raxnasidin oy tushar vayronag‘a, Chok ko‘ksumdin buzug‘ ko‘nglum aro, ey moh, kel. Oh o‘tin dedingki past aylay ziloli vasl ila, Bu nafaskim shu’lasin gardung‘a chekmish, oh, kel. Bir qadah bersang, qo‘yarmen butqa yuz, ey piri dayr, Ikkisin olib, boshimg‘a hasbatahullohu, kel. Garchi kelmay-kelmay o‘lturdung Navoiyni valek, Ey Masih, aning mazori boshig‘a gah-goh kel.
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sarig‘, yashil, Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sarig‘, yashil. Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sarig‘, yashil. Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin, Tobdonning aksidek alvon qizil, sarig‘, yashil. Orazu xoling bila xatting xayolidin erur Ko‘zlarimning oldida davron qizil, sarig‘, yashil. La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sarig‘, yashil. Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek Xirqada tikmak erur oson qizil, sarig‘, yashil. Ey Navoiy, oltinu, shingarfu zantor istama, Bo‘ldi nazming rangidiy devon qizil, sarig‘, yashil.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling