Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

179


Bevafolig‘ rasmini nomehribonlardin so‘rung. 

Bizni davron mehnati ham ojiz etmish, ham qari,  

Husn ila quvvatni ra’no navjuvonlardin so‘rung. 

Bedil el diljo‘yluq yo dilshikanlik rasmini

Fahm qilmaslar, bu ishni dilsitonlardin so‘rung. 

Nek nom el ishq aro badnomlig‘lar shevasin  

Yaxshi bnlmaslar, ani bizdek yomonlardin so‘rung. 

Fardliq zavqini so‘rmang shavkatu joh ahlidin,  

Ul suubat lazzatin bexonumonlardin so‘rung. 

Ajz tufrog‘ida ishq ahlig‘a o‘lgan hukmi bor,  

Qatl hukmi aylamakni qahramonlardin so‘rung. 

Bilmadi maqsudi ganjining nishonin ahli rasm,  

Gar so‘rarsiz, ani benomu nishonlardin so‘rung. 

Chun Navoiy ishq sahrosida itti, do‘stlar,

Ani ul yondin yetishgan korvonlardin so‘rung. 

351

Do‘stlar, gulshan aro sarvi ravonimni tilang,

Topibon keltursangiz, muzdig‘a jonimni tilang. 

Buki bedillig‘din o‘lgumdir, ilojimni tilab,

Chunki topmaysiz, boshimg‘a dilsitonnmni tilang. 

Bo‘lgucha nomehribonim furqatida mehribon,

Mehribonlig‘ aylabon nomehribonimni tilang. 

Ne tilarsiz telbarab itkan ko‘ngulni bog‘ aro,

Qo‘yida devonai bexonumonimni tilang. 

Qatlim istar dushmanim hijronidur, gar bilsangiz

O‘lganimni hajridin, zinhor qonimni tilang. 

Og‘zi hajridin agar bo‘lsam adam, ziphorkim,  

Benishonlig‘ kishvari sari nishonimnn tilang. 

Ey xarobot ahli, yetmaydur qadahdin nash’ae,  

Ul xarobotiy harifi nuktadonimni tilang. 

Sovusa  Farhodu Majnun qissasidin  ko‘nglunguz,

Bas, mening ishq ichra o‘tluq dostonimni tinlang. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

180


Chun Navoiy o‘ldi g‘amdin, ey sitamgarlar, ne sud,  

Joni zorim yo‘qsa, jismi notavonimni tilang. 



352

Qilmadi vasl ichra bedod uzra bedoding sening,  

Ulcha qildi furqatingda dam-badam yoding sennng. 

Qaysi sohirkim dedikim, Somiriy shogirdimen,  

Dedi g‘amzangkim, erur  shogirdim ustoding sening

Angla Shirinikim, ne sen ma’shuqluqda oncha sen,  

Ne bor erdi mencha oshiqlikda Farhoding sening. 

Soya ermas, bog‘bonkim, gulruxum qaddin ko‘rub,  

Ozibon hushi, yiqilmish sarvi ozoding sening. 

Uyqug‘a itlar uni gar moni’ erdi, ey ko‘ngul, 

Emdi qo‘ymas uyqug‘a itlarni faryoding sening. 

Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim,  

Kufr erur zuhdi riyoyi ichra irshoding sening. 

Ey Navoiy, mehnatu g‘amdin qochar bo‘lsang, kerak  

Bo‘lsa maylig‘ tang, su qursi gazak zoding sening. 

353

Shomi  hajrim ko‘rdung, ammo zulm tarkin tutmading,

Va’dai sham’i visol etting, vale yorutmading. 

Va’dai vasling ilig bergay deb ashkim bo‘ldi bahr,

Chunkim ul daryo aro g‘arq o‘ldum — ilgim tutmading. 

Vasl no‘shidin ko‘ngulni qilmading bir lahza xush,  

Hajr zahri biymidin yuz qatla to qo‘rqutmading. 

Otashin gul g‘unchasidek o‘rtading ko‘nglumni, lek  

Ochibon ani nasimi vasldin, sovutmading. 

Donai ashkimgakim rom o‘ldi hijron qushlari,  

Ey ko‘ngul, bir kun fig‘oningdin ani urkutmading. 

Xasta  ko‘nglumkim, g‘amu xunoba  qilding qismati,  

Bu g‘izoyu sharbat ul bemordin o‘ksutmading. 

Vodai vaslin g‘animat tut, Navoiy, zinhor 

Kim, ne qonlarkim, bu gulgun suni istab, yutmading. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling