Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
172
Boshig‘a chunki alif keskay ul buti bebok,
Emas mahalln taajjub, gar o‘lsa bo‘rkida chok.
Gahiki mast egarur bodpo xirad xayli,
Borur havog‘a, quyun yetkach, uylakim, xoshok.
Nekim boshimda edi, qo‘ydum istabon qatlin
Ki, ossa shahsuvorim uzilmagay fitrok.
Qoshi firoqida bahri sirishkim andoqdur,
Ki, yangi oy kemasin chayqatur, urub ko‘lok.
Tutub piyola farahnok qilg‘il, ey soqiy,
Meniki hajr xumori qilibturur g‘amnok.
Magar zamon g‘amidin qochmasun deb ahli ano,
Ihota ayladn bir-birining ustida aflok.
Tajalli aylasa ul pok yuz, desang avval,
Zamiring oyinasin g‘ayr naqshidin tut pok.
Navoiy anduhu furqatda o‘tkarib umre,
Agar dame topibon vasl dog‘i o‘lsa, ne bok.
337
Tarki ishq ettim, meni ishq ahli xaylidin surung,
Chiqmasam ta’nu jafo toshi boshimg‘a yog‘durung.
Balki bo‘ynum bog‘labon, ushshoq ibrat olg‘ali,
Ishq mulki to‘rt bozorida sudrab kezdurung.
Buyla rasvolig‘ bila torting balo maydonig‘a,
Har uqubat birlakim, nmkoni bo‘lgay, o‘lturung.
G‘ussa dashtidin o‘tun toshib, tamug‘din o‘t olib,
Solibon men xomnnng jismin ul o‘tqa kuydurung.
Chunki kul bo‘ldum esarda hajr dashti sarsari,
Ovuch-ovuch olibon, ul kulni ko‘kka sovurung.
Sovururda do‘st javrin navham ichra darj etib,
Do‘stlar bedodu zulmin ham ayolg‘u kelturung.
Buyla holim ko‘rgach, ey ishq ahli, har dam yuz balo
Yetsa, ishq otini tutmog‘din ko‘ngulnn tindurung.
Do‘stlar, men ishqini tark aylagan badmehrni
Bir bahona birla men kuygan mahalg‘a yetkurung.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: