Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

30

Eyki, man’ing aylab erdim ishq ko‘yi tavfidin,  



Zorsen, go‘yo balo boshingg‘a kelturdung borib. 

Xonaqah zuhdi aro, ey shayx, bas oshuftasen,  

Go‘yiyo dayri fanoda tavba sindurdung borib. 

Yorni istay Navoiy bormish erdi, ey rafiq,  

Bilmadim, ani ne afsun birla yondurdung borib. 

57

Kotibi sun’ chu har kimga bir ishni raqam aylab,  

Sabz xatlar g‘amig‘a bizni qazo muttaham aylab. 

Vasl ummidi bila ko‘nglum dog‘i to‘ymadi chekardin,  

Necha ul xayl malul o‘lmadi javru sitam aylab. 

Har qayon ul xatti mushkinki borur qilsa ishorat,

Boruram xoma kebi men dog‘i boshtin qadam aylab. 

Zulfining tobini  mashshotadin ochmoq emas imkon,  

Dol yo lomni kim yozg‘an ekin, daf’i xam aylab. 

Hurlar kelsa ani ko‘rmak uchun, xozini jannat  

Yuborur sochini gulbarglaridin diram aylab. 

Soqiyo, bodaki bu korgah avzoi xiradni,  

Yo‘qki, ojiz qilibu masx gah devona ham aylab. 

Dayr piri qoshida kamligimiz ko‘p edi, lekin  

Mast qildi yana bir jom ila bizni, karam aylab. 

Ey xusho, ko‘yi xarobotki, har eski safolin 

Kimki durd ichmak uchun jom qilib, o‘zni Jam aylab. 

Ey ko‘ngul, kimki Navoiy kebi vasl nstadi, ani  

Ishq rasvolig‘ ila olam ichinda alam aylab. 

58

Xushturur bir tiyra shomi hajr iki yor uchrashib,  

Topishib, bir-birlarin  mahkam quchushub, yig‘lashib. 

Hajr dardiyu firoq anduhig‘a taskin bo‘la,  

Ulturub ulfat bila, bir-birlariga yondashib. 

Furqat ayyomida har birning boshiga kelganin, 

Yuz tuman hamdardlig‘lar birla har dam so‘zlashib. 

Goh vasl iqbolining ishratlaridin shukr deb,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling