www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Topmadim ahli vafo bori jahonni axtorib.
Bosh oqardi — uzlat avlodurki, ul kofur ila
Sovutur, ulkim yigitlar bazmida kirgay qorib.
Ey Navoiy, go‘yiyo yoring kelur, yo‘qsa nega
Muztaribtursen — taning titrab, uzoring sarg‘orib.
55
Chun bag‘ir zaxmlari butmadi, payvand qilib,
Itlaring ollida tashlay, necha parkand qilib.
Ko‘nglum ochilmadi hargiz g‘ami ishq ichra, magar
Ochqasen bir ani g‘unchangda shakarxand qilib.
Ishqda men kebi Majnun yasadi kilki qazo,
Layli ashkolini dildorima monand qilib.
Xoli shavqi biladur tanda ko‘ngul qo‘ymishmen,
Mo‘rni dona xayoli bila xursand qilib.
Elga oshiqlig‘im izhor eta olmon, vahkim,
Qo‘ydi olamda meni ishqi zabonband qilib.
Soqiyo, boda keturgilki, agar davr budur,
Nosihi shahr netar bizni xiradmand qilib.
Ich, Navoiyki, bu tun raz qizini bermak emish,
Piri mayxona seni o‘ziga farzand qilib.
56
Xas kebi jismimg‘a hijron shu’lasi urdung borib,
Barqi ofat birla xoshokimni kuydurdung borib.
Aylabon gul, hajr azmig‘a chu surdung bodpoy,
Buyla sarsar birla ani ko‘kka sovurdung borib.
Tiyra aylab ko‘kni ul kulda bu yanglig‘ lutf etib,
Poyam ahli ishq aro gardung‘a yetkurdung borib.
Tindi sargardon ko‘ngul ko‘yungda har yon po‘yadin,
Orzui vasldin ko‘nglumni tindurdung borib.
Azm etarda barcha ishq ahlig‘a qilding xayrbod,
Nayladuk ushshoq arokim, bizni yozg‘urdung, borib.
Ul ko‘zi kofir sari borma deb erdim, ey ko‘ngul,
Pand eshitmay, naqdi imoningni oldurdung borib.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |