Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

38

May bila bir lahza ko‘nglumni ovut. 



Jomi davri lam’asin barq uylakim,

Chiqti mag‘rib tog‘idin mushkin bulut. 

G‘am tuni ham tiyra, ham poyoni yo‘q,  

Oh o‘tin chek, subhning sham’in yorut. 

Ul quyosh hajrida andoqkim shafaq,

Charx tig‘i zulmidin xunoba yut. 

Olam ahlidin yetishmas g‘ayri zaxm,

Ey jarohatlig‘ ko‘ngul, bu so‘zga but. 

Bo‘ldi furqatdin Navoiy tiyraro‘z,

Soqiyo, hijron tunidur, boda tut. 



72

G‘am yukidin changdek qaddim xam etting oqibat

Rishtai jon nolasin zeru bam etting oqibat. 

Yaxshi erdi safhai aflok dardim yozg‘ali, 

Bahri ashkim mavjidin borin nam etting oqibat, 

O‘tkarib to‘qquz falak boshidin ohim dudini,  

Ul muvallidlarga ani parcham etting oqibat. 

G‘urbatu ishqu baloyi hajru za’fu xastalig‘ —

Yetmas erdikim, meni majnun ham etting oqibat. 

Oh — gardun,  ashk—anjum,  nola — ra’du  po‘ya — barq,  

Xilqatimdin bir ajoyib olam etting oqibat. 

Bu ko‘han dayr ichra jon bo‘lsun fidong, ey mug‘bacha  

Kim, jahondin bizni mastu beg‘am etting oqibat. 

Ey Navoiy, ishq aro vasl istaduk, kuldung base  

Bizni ushbu muddaoda mulzam etting oqibat. 

73

Demon, ul oy o‘qin, ey do‘st, suvur, yo‘qsa, ushat

Kim, qoqib toshlar ila, zor tanimg‘a o‘rnot. 

Buki, ul umrdin ayrildimu  o‘lmaydurmen,

Ber, ey insofki, bu bordur o‘lum chog‘lig‘ uyot. 

G‘amzang o‘qiki, ulus joni anga keldi hadaf,

Elga jon qolmadi bir, dog‘i mening jonima ot. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling