Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

41

Bu devonalig‘ ishqdindur alomat. 



Qading jilvasidin ulus bo‘ldi jonsiz,

Dema ani qomatki, ul bor qiyomat. 

Manga solim o‘l, deb duo qilmangizkim,  

Beganmas salomatni ahli malomat. 

Chu ko‘nglum bila oshiq o‘ldum, gar o‘lsam,  

Qachon sud qilg‘ay bu soat nadomat? 

Karam aylab, ey mug‘, manga boda tuttung,

Qachon shayx ko‘rguzdi mundoq karomat! 

Navoiy sening uchun ar o‘ldi, jono,

Sen annng uchun bo‘l, ilohi, salomat. 



78

Bo‘lmisham oshiq yana, ey aqli nofarjom, ket,  

Tun-kun ish bo‘lmish manga chekmak labo-lab jom, ket. 

Bir qadahkash mug‘bacha ko‘nglum olibtur dayr aro,  

Dinu taqvo jonibidin, ey xayoli xom, ket. 

Dayr piri chun belumga bog‘ladi zunnori kufr,

Ibrat  ol, ey   muqtadoi  zumrai  islom,  ket. 

Keldingu pandim deding, ey shayx, sen ham pand eshit,  

Qo‘pqilu dayr ichra bo‘lmastin burun badnom, ket. 

Men harimi dayr aro tutum maqom, ey porso,  

Sen haram azmig‘a gar bog‘lab esang ehrom, ket. 

Mastu rasvomen xarobot ichra ko‘rdung, ey rafiq,  

Bo‘lmag‘ung bo‘lsang  meningdek rindi durdoshom, ket. 

Kelmas ergach rindlar bazmig‘a, ketmak istama,

Gar ketar bo‘lsang ichib, dog‘i tutub bir jom, ket. 

Ey ko‘ngul, chun bevafodur odamiy, topsang pariy,  

Azm etib ul yon, bu sari qo‘ymayin bir gom, ket. 

Ey Navoiy, chun bu gulshan gullarida yo‘q vafo,  

Anda ko‘nglung bulbulig‘a bermagil orom, ket. 

79

Kelmagil  mayxonag‘a, ey shayxi oliy joh, qayt,  

Yo‘qsa xirqang boda rahni bo‘lg‘usi, billoh qayt. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

42

Gar desangkim, tushmasin xirqangg‘a rasvolig‘ o‘ti,  



Bo‘lmayin rindi xarobotiy bila hamroh, qayt. 

Dayr  piri ilgidin zunnor  belga bog‘labon, 

But qoshinda qilmas ersang sajda, beikroh qayt. 

Rindu ra’nolig‘ agar ko‘nglung tilar bu ko‘y aro,

Juz fano yo‘qtur sanga, topilmas ul dilxoh, qayt. 

Sen riyog‘a o‘rganib sen, foni’ o‘lmoq sa’b erur,

Dayr aro kirsang, pushaymon bo‘lg‘asen nogoh qayt. 

Har dam uchqunluq tutunlar birla ko‘nglum shu’lasin,  

Necha fosh etkaysen og‘zimdin chiqib, ey oh, qayt. 

Soqiyi mahvash elidin ichmisham jonbaxsh may,  

Bu taraf yuzlanma emdi, ey g‘ami jonkoh, qayt. 

Olam ahli bevafodurlar, alarning maylidin,  

Ey ko‘ngul, bo‘lsang vafo oyinidin ogoh qayt. 

Ne ishinga e’timod etkay Navoiy, ey pariy  

Kim, dame yuz qatla gah kel dersen ani, goh qayt. 

80

Ko‘nglumni qildi shifta bir mahjabin yigit  

Kim, xalq aro aning kebi yo‘q nozanin yigit. 

Donish eliga solg‘uchi toroji aqlu xush,  

Islom eliga qilg‘uchi yag‘moyi din yigit. 

Urdu so‘ngincha it kebi sargashtamenki, bor  

Yorim sipoh ofati xirgahnishin yigit. 

Din ahli ichra  ming qariyni  aylading asir,  

Kufr ahli ichra men kebi bormu ekin, yigit? 

Ul notavon qarig‘a ne mumkin qaroru sabr  

Kim, olsa dinu jonig‘a ko‘rguzsa kin yigit. 

Lutf ayla qarilarg‘a desangkim uzun yashay  

Kim, qarimas ayon qilibon yuzga, chin yigit. 

Kuysang, Navoiyo, ne ajab, xas kebiki, bor  

Sevgan kishi uzori guli otashin yigit. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling