Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

44

83

Ko‘ngulda naqsh andoq bog‘lamish bir nozanin surat  

Ki, mumkin ermas andoq tortmoq naqqoshi Chin surat. 

Agar surat budurkim, sendadur, ey but, yiroq ermas

Ki, mundin so‘ng parastish aylagaylar ahli din surat. 

Emas Layliyu Majnun sen senu men safhada ko‘rsang,  

Bir ofatliq diloro naqshu bir zori hazin surat. 

Agar ko‘zguda sarvi gul’uzorim aks ko‘rguzsa,

Yana su ichra ko‘rguzgaymu sarvi yosmin surat. 

Dema, ey sham’kim, kun mash’ali ham tiyra bo‘lg‘ay, gar  

Kecha yo kunduz etsa bir ayon ul mahjabin surat. 

Ne ma’ni ko‘rdilarkim, suratingg‘a bo‘ldilar vola,  

Chu ma’ni olamida istamas ahli yaqin surat. 

Chu ko‘rdi suratin andoq ko‘zida naqsh bog‘labsen 

Ki,  ko‘rdi har qayonkim soldi ko‘z xilvatnishin surat. 

Azal suratgari maqsudi go‘yokim sen erkinsen,  

Chu qudrat xomasidin zohir etti mou tin surat. 

Erur dayr ichra oncha mug‘bacha suratnamo, ey shayx

Ki, ma’ni naqshini ko‘nglungda qo‘ymas har kamin surat. 

Bu surat birla, ey jon ofati, boshtin ayoq jonsen  

Ki, bir sendek musavvir qilmadi jon ofarin surat. 

Navoiy  ko‘ngli suratxonasi chak bo‘ldi  sar-tosar,

Chu anda jilva berdi ul nigori naqshbin surat. 



84

Zihi la’li labing jonimg‘a ofat,

Soching zunnori imonimg‘a ofat. 

Ne majnunmenki, ohimnnng samumi  

Yeturmish jismi uryonimg‘a ofat. 

Buzug‘ ko‘nglumni ko‘z yoshim yemurdi,  

Tegurdi sayli vayronimg‘a ofat. 

Junundin sirri ishqing ayladim fosh,  

Yetishti naqdi pinhonimg‘a ofat. 

Yuz urdi tush-tushimdin xo‘blar, voy  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling