Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

45

Ki, bir-bir yetti har yonimg‘a ofat. 



Dedim: Bir novak o‘tluq ko‘ngluma ot,  

Dedi: Yetkurma paykonimg‘a ofat. 

Chu mahvash soqiy etti jilva, yetti

Qadahdin ahdu paymonimg‘a ofat. 

Ne ohu ashkdur, yetkur, ilohiy, 

Bu sarsar birla to‘fonimg‘a ofat. 

Fig‘onim ofat o‘ldi, ey Navoiy,  

Mengakim yetsun afg‘onimg‘a ofat. 



85

Jon fig‘on aylar g‘ami hajringda, jononim, eshit,

Chiqqudektur mehnatu anduh ila jonim, eshit. 

Gar malul erding fig‘onimdin va lekin za’fdin  

Xalq sa’y aylab eshitmaydurlar afg‘onim, eshit. 

Dardi  holimni qulog‘ingg‘a,  tilarmen,  aytsam,

Tut quloq bir lahzayu bu sirri pinhonim eshit. 

Necha sarkashlik xiromi turki, bordur bir so‘zum,

Indurub boshingni, ey sarvi xiromonim, eshit. 

Nechakim xudroylig‘din so‘z eshitmassen va lek  

Yorlar pandin gahi, ey sho‘xi nodonim, eshit. 

Necha bo‘lg‘ung, ey ko‘ngul, ul mastqa hayronu zor,  

Va’dai qatling qilur, ey zori hayronim, eshit. 

Bir hadisingnn eshitkumdur deding, ichkanda may,  

Sarxush o‘ldung, mast ham, ey ahdi yolg‘onim, eshit. 

Husn mulki bevafodur, man’i bedod etsalar,  

So‘z eshitmakni g‘animat angla, sultonim, eshit. 

Qasdi din aylab Navoiyg‘a, eshitmassen so‘zin,  

Benavodur, rahm etib, ey nomusulmonim, eshit. 

86

Za’f, ko‘rgilkim, tanimni eltibon aylarga qut,

Mo‘r sudrar, tori birla rust bog‘lab ankabut. 

Dardim ayturda demassen yuz so‘zumga bir javob,  

Go‘yiyo xoli lab o‘ldi og‘zinga muhri sukut. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling