Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


JYe HARFINING JAMILALARINING JILVASI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

JYe HARFINING JAMILALARINING JILVASI «FAVOYID»DIN 

92

Zihi, ko‘k boshig‘a gardun xiromingning izidin toj,

Visoling  xilvatida  bir shabiston laylatul me’roj. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

49

Shabistoning aro sabuhiylardin yuz tuman tovus,  



Gulistoning aro qudduslardin yuz tuman durroj. 

Yuzung xurshididin ul tun topib xayli kavokib nur,  

Sochingning zulmati ul kecha tun rangini aylab doj. 

Rikobingda maloyik xaylidin har sari yuz ming saf,

Solib har saf shayotin mulkiga yag‘mo bila toroj. 

Yo‘lungda anbiyo ruhi musharraf aylabon o‘zni  

Va lekin iltifotingg‘a biri mushtoq, o‘ni muhtoj. 

Buroqing sur’atidin xatti nuroniyki rasm aylab,

Ayon  aylab bu sayrinda nubuvvat ahlig‘a minhoj. 

O‘zin o‘zlukdinu kavnayn mulkidin qilib xorij,

Qayu kavnayn mulki, lomakondin ham topib ixroj. 

Harimi qurb aro matlub vaslidin bo‘lub mahzuz,  

Yo‘q andoqkim, harimi Ka’ba ichra zumrai hujjoj. 

Tilab ummat gunohin har nekim istab topib baxshish,  

Zihi soyil, zihi bozil, zihi rif’at, zihi me’roj. 

Zihi shoheki, tun-kun javharidin sonn’i hikmat,  

Sening zoting uchun tuzdi bu taxti obnusu oj. 

Igirdi rishtai na’ting Navoiy ko‘z uchi birla,  

Agar boqsang, muti’ o‘lg‘ay anga nassoj ila sarroj. 

93

Biravki dahr moziqidin aylagay maxraj,  

Fanoyu faqr tariqi erur anga minhaj. 

Ne Ka’ba shavqida, sen dayr ichinda yor ila bo‘l,  

Basoki, o‘g‘rilig‘ etgay tavof vaqtida haj. 

Riyozat aylamasun ro‘zgoring oshufta, 

Adoyi farzu sunan qil, o‘zunga qo‘yma haraj. 

Namoz adosig‘a qilg‘il ko‘ngulni tengriga tuz:  

Ko‘ngul tuz o‘lsa, emas bok, bo‘lsa qiblang kaj. 

So‘zung chin o‘lsa, anga hojat dalil ermas:

Quyoshni ulki yorug‘ der, ne hojat anga hujaj! 

Chu haq dediki, maal usr-yusr mujda sanga, 




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling