Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «FAVOYID»DIN 

107

Sadqang bo‘lubon urmoq bu gunbadi axzar charx,

Qasringg‘a davr urg‘ondek bir sabz kabutar charx. 

Sen sham’, vale gardun fonusi xayol erdi,  

Urg‘anda malak xayli tegrangda sarosar charx. 

Chun yuqori mayl etti nuru azming bo‘ldi,  

Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx. 

Sham’ingg‘a lagan bo‘lg‘ach aflok maloyikdin,  

Parvonalar urdilar tegrangda mukarrar charx. 

Ko‘k hullasidin yoyib atlas yo‘lunga anjum,

Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx. 

Yo‘lung izidin o‘zni ravshan qilibon kavkab,

Raxshing nuridin ko‘zni har dam qilib anvar charx. 

Ko‘yungda Navoiyg‘a charx urmoq agar yetsa,  

Bir doirai maqsud o‘lg‘usi anga har charx. 

108

Qon to‘kub ul buti zebo gustox,  

Borib ul yon meni shaydo gustox. 

Bo‘lmasa telba, pariyni mendek  

Kim qilur buyla tamosho gustox. 

Vah, ne tarsodurur ul dayrdakim,  

So‘z demas ollida Iso gustox. 

Xoling ul hindu erurkim, bo‘lmish  

Labing ustida shakarxo gustox. 

Soqiyo, ber iki sog‘arki, bo‘lay  

Nuktai ishq aro go‘yo gustox. 

Xattu la’li qoshida asrang adab,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling