www.ziyouz.com kutubxonasi
56
Mast bo‘lg‘aykim, aning holig‘a qolg‘ay lol subh.
Ey Navoiy, istasang sidqu safo g‘am shomida,
Bo‘lma g‘ofil, toki qilg‘ay jilva farruxfol subh.
105
Zihi shahdi no‘shung bag‘oyat malih,
Musalsal so‘zung benihoyat malih.
Shakardek labing keldi ishq ahlidin,
Demak shukr shirin, shikoyat malih.
Malohatdin ul la’li koni namak,
Ajab ermas andin rivoyat malih.
Dam urma raqib, ul desun, so‘zki bor:
Malohatlig‘ eldin hikoyat malih.
Ne yanglig‘ takallumdur, oyoki, bor
Sarih etsa Shirin kinoyat malih.
Ochig‘lan gahi qullaringg‘aki, bor
Raiyatqa shahdin rioyat malih.
Navoiy yarasig‘a ko‘p sepma tuz,
Necha bo‘lsa nutqung bag‘oyat malih.
106
Boshima yetkurdi tig‘ ul sho‘xi mah paykar saboh,
Kosh ro‘zi bo‘lsa bu axtar tulu’i har saboh.
Vasl subhi ul saodat kavkabi ko‘rguzdi yuz,
Ul sifatkim, jilva qilg‘ay xisravi xovar saboh.
Yor vasli xushturur, gar zulf, agar yuz ko‘rguzar,
Vasl davri ayshdur, gar shom bo‘lsun, gar saboh.
Tong yo‘q ul mahvash mug‘anniy tutsa jomi may sabuh,
Ne uchunkim Zuhradur toli’, bo‘lur axtar saboh.
Yorutub har tun shabistonni, sahar uyqudadur,
Ne taajjub, gar g‘urub aylar mahi anvar saboh.
Taxtai ishqin o‘qirmen maktab ichra, chun qo‘yar
Lavhi siymin qo‘ynig‘a ul sho‘xi siyminbar saboh.
Hajr subhu shomi mendek bo‘lmasun ishq ahlikim,
Muztaribmen shom o‘z holimg‘ayu muztar saboh.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Bosh ko‘tarma dayr piri ostonidin kecha,
Gar tilar bo‘lsang mug‘ona ichkasen sog‘ar saboh.
Ko‘yi tufrog‘in Navoiy ohi sovurdi sahar,
Ishrat ahli uylakim raf’ etsalar bistar saboh.
Do'stlaringiz bilan baham: |