www.ziyouz.com kutubxonasi
52
Demang bu so‘znikim, ul ofati zamondin kech.
G‘amida qon yoshim ul nav’ bahrdurki, kishi
Qolur tahayyur aro, demasamki qondin kech.
So‘rarg‘a kelmak emish yor, ey ajal, rahm et,
Yuzini ko‘rgucha bu zori notavondin kech.
G‘am o‘lturur meni, gar boda ichmasam, ey shayx,
Agarchi panding erur yaxshi, bu yomondin kech.
Desangki, yor ila hamxona bo‘lg‘asen, bo‘lg‘il
Diyoru mulkdin ovora, xonumondin kech.
Iki jahonni ko‘rar vasl mone’i solik,
Murod yor esa, ham mundinu, ham andin kech.
Kamol kasbi qilur bo‘lsang, ozmundin o‘t,
Gar istifoda g‘araz bo‘lsa, imtihondin kech.
Navoiy, o‘ttilar ahbob, bo‘l fano bila chust,
Desangki, qolmag‘asen yo‘lda korvondin, kech.
98
Tushkali ul dilraboning turrasi torida pech,
Turra toridek tushubtur ko‘nglum atvorida pech.
Zulfi tobidin jununumnung yuz oncha pechi bor
Kim, nazar soldim: jununum daf’i tumorida pech.
Hajr dashtida meni sargashtaning to‘lg‘anmag‘i,
Aylagandektur quyun jismi namudorida pech.
La’lingu zulfung xayolidin meni dilxastani
Notavon jonida anduhu tani zorida pech.
Soqiyo, ul sho‘xning jomin rioyat aylagil
Kim, buzulmish, may chiqib boshig‘a, dastorida pech.
Vahki, ul kofir asirinnng ishida kufrdin,
Pechlardur onchakim, yo‘q oncha zunnorida pech.
Olam ahlig‘a ne tong sargashtalig‘ nevchunki bor,
Charx pargorida davru davr osorida pech.
Rostravlar go‘sha tuttilarki, davron ahlining
Bordur atvorida pech, andoqki guftorida pech.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |